Elena Babenko

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Elena Babenko
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
Hukumat boshligʻi Abdulla Oripov (siyosatchi)
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 17-fevral 1968-yil (1968-02-17) (56 yosh)
Andijon Oʻzbekiston SSR, SSSR
Maʼlumoti Andijon davlat universiteti
Mukofotlari

Elena Vladimirovna Babenko (tugʻ. 1968-yil 17-fevral, Andijon, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — oʻzbek oʻqituvchisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qoʻmitasi aʼzosi.

Biografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

1989-yilda Andijon davlat pedagogika institutini (hozirgi Andijon davlat universiteti) tugatgan. Xuddi shu yili u oʻz faoliyatini boshladi, Andijon davlat pedagogika institutining rus tili kafedrasida oʻqituvchi boʻlib ishladi. 2011-yildan 2015-yilgacha Andijon davlat universiteti rus tili va adabiyoti kafedrasida katta oʻqituvchi boʻlib ishlagan. 2016-2018-yillarda Oʻzbekiston rus madaniy markazi Andijon viloyati boʻlimi rahbarining oʻrinbosari boʻlib ishlagan. Va 2018-yildan boshlab Oʻzbekiston rus madaniy markazining Andijon viloyati boʻlimi rahbari etib tayinlandi[1].

2020-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga saylandi, shuningdek ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qoʻmitasining aʼzosi boʻldi. Elena Babenko — Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasining aʼzosi[2].

Mukofotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

2019-yilda "Doʻstlik" ordeni bilan taqdirlandi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Депутаты“. Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi. Qaraldi: 2021-yil 29-mart.
  2. „Депутаты“. parliament.gov.uz. 2021-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 30-aprel.