Kontent qismiga oʻtish

Elektrometallurgiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Elektrometallurgiya — metallar va qotishmalarni elektr toki yordamida olishning sanoat usullarini yaratish va ulardan amalda foydalanish bilan shugʻullanadigan metallurgiya sohasi. Unda elektrotermik va elektrokimyoviy jarayonlar qoʻllanadi. Elektrotermik jarayonlar rudalarvakonsentratlardan metallarni ajratib olish, qora va rangli metallarni, ularning asosidagi qotishmalarni olish va rafinatsiyalashda ishlatiladi. Bu jarayonlarda elektr energiyasi texnologik issikdik manbai hisoblanadi. Elektrokimyoviy jarayonlar asosan qora va rangli metallar ishlab chiqarishda qoʻllanadi.

Elektrotermik jarayonlar poʻlatni yoyli va induksion pechlarda eritishni, maxsus E.ni, rudani tiklash usullarini, shaxta elektr pechlarda choʻyan olishni, nikel, qoʻrgʻoshin va boshqalar metallar olish usullarini oʻz ichiga oladi. Bu jarayonlar galvanotexnika, elektroliz usullariga asoslanadi.

Rux, marganets, nikel, temir va boshqalar metallar sanoat miqyosida rafinatsiyalab olinadi. Alyuminiy, magnit, kaliy va boshqalar suyultirilgan tuzlarni 700— 1000 trada elektrolizlab olinadi.

Oʻzbekistonda Bekobod shahridagi Oʻzbekiston metallurgiya zavodida metallar asosan elektr pechlarda olinadi (qarang Metallurgiya, Rangli metallurgiya, Qora metallurgiya).