Elektrli ugor
Elektrli ugor | ||||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
New England Aquarium (AQSH) dagi elektrli ugor | ||||||||||||||
Biologik klassifikatsiya | ||||||||||||||
| ||||||||||||||
Electrophorus electricus (Linney, 1766)
| ||||||||||||||
|
Elektrli ugor (Electrophorus electricus) — suyakli baliqlarning gimnotosimonlar turkumiga mansub baliq. Avval Electrophorus urugʻining yagona vakili sifatida qaralgan. 2019-yilda Janubiy Amerikadagi Amazonka havzasidan ushbu urugʻga mansub ikki yangi tur kashf qilindi. Tashqi tuzilishi jhatidan ugor baliqlariga oʻxshasa-da, haqiqiy ugorlarga hech qanday aloqasi yoʻq.
Areali
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tabiiy holda Janubiy Amerikaning shimoliy sharqiy qismidagi daryolarda va Amazonkaning quyi va oʻrta oqimida, unga quyiluvchi kichik irmoqlarda uchraydi.
Taksonomik tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tashqi tuzilishi va fiziologik xususiyatlari jihatidan gʻayrioddiy boʻlgan ushbu tur, oʻz taksonomik tarixi davomida bir necha qayta tasniflangan. Ilk marotaba 1766-yilda Karl Linney tomonidan tavsiflanganida, u Gymnotus electricus nomini ishlatgan edi va ushbu turni Gymnotus carapo (bir necha yil oldin tavsiflab bergan pichoqbaliq) bilan bir urugʻga joylashtirgan. Oradan taxminan bir asr oʻtgach, 1864-yilda elektrli ugor Teodor Gill tomonidan hozirgi oʻzining Electrophorus urugʻiga koʻchirildi.
Shundan soʻng elektrli ugor tashqi tuzilishi va boshqa xususiyatlarini hisobga olingan holda alohida Electrophoridae oilasiga ajratildi, ammo keyinchalik boshqa taksonomistlar tomonidan oʻrganilgan, Gymnotus urugʻi bilan bir qatorda Gymnotidae oilasiga birlashtirildi.
2019-yilning sentabr oyida chop etilgan C. David de Santana va boshqalar tomonidan oʻtkazilgan tadqiqot natijalarida elektrli ugor DNK divergensiyasi, ekologiyasi, yashash muhiti, anatomiyasi, fiziologiya va elektr hosil qilish xususiyatlarini hisobga olgan holda oʻzaro uchta turga ajralishi qatʼiy tavsiya qilindi. Unga koʻra ushbu uchta tur: E. electricus, E. voltai sp. nov. va E. varii sp. nov. dir. Shu yilning noyabr oyida Craig J.M. va boshqalar tomonidan oʻtkazilgan Gymnotidae oilasining filogenetik jihatdan qayta koʻrib chiqilishiga bagʻishlangan tadqiqot ishida, avvallari elektrli ugorning sinonimi hisoblangan Electrophorus multivalvulus sinomlikdan chiqarilib, unga alohida tur maqomi berildi.
- ↑ "Electrophorus electricus". IUCN Red List of Threatened Species. https://www.iucnredlist.org/details/167700/0. Qaraldi: 2014-06-07.