Ugorsimonlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Ugorsimonlar (Anguilliformes) -suyakli baliqlar turkumi. Uz. 10 sm dan 3 m gacha, vazni 15 g dan 65 kg gacha. Shakli ilonga oʻxshash. Jabra yoylari nurlari 6—51 ta; baʼzan boʻlmaydi. Suzgich pufagi ochiq, suzgichlari tikansiz. Orqa va anal suzgichlari uzun. Qorin, baʼzan koʻkrak suzgichlari boʻlmaydi. Yelka kamari suyagi miya qutisi bilan tutashmagan. Lichinkasi bargsimon, shaffof. 23 oila (jumladan, murenasimonlar), 400 turi bor. Asosan, barcha okeanlar tropik suvlarida tarqalgan. Faqat ugorlar chuchuk suvlarda yashaydi, lekin dengizda koʻpayadi. Koʻpchilik U. sayoz suvlarda yashirin hayot kechiradi. Ayrim U. chuqur suvlarda (4000 m gacha) uchraydi. Asosan, yirtqich hayot kechiradi. Vir qanchaturlari ovlanadi. Boltiqva Qora dengiz x.avzalarida oddiy ugor, Boltiq dengizida dengiz ugori yashaydi.