Kontent qismiga oʻtish

Ektomorf

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ektomorf tana tuzilishi

Ektomorf – bu tana tashqi koʻrinishining bir turi boʻlib, ozgʻin, odatda uzun boʻyli va ingichka tana turi hisoblanadi. Tana tuzilishi jihatdan suyak strukturasi mustahkam, oyoq-qoʻllari ozgʻin va bochka shaklidagi qovurgʻalardan tashkil topgan koʻkrak qafasiga ega tana tuzilishi[1][2].

Ektomorf tana tuzilishiga ega insonlar qancha uglevod yoki qancha yogʻ isteʼmol qilishlaridan qatʼi nazar, vazn yigʻish bilan muammo boʻladi va ular vazn yigʻish uchun harakat qiladilar. Ular odatda uzun oyoq-qoʻllari va mayda mushaklari boʻlgan ozgʻin tuzilishga ega boʻlishadi. Tabiiy ravishda vazn yigʻish uchun ular uglevodlar va kaloriyalarga toʻla ovqatlarni is’temol qilishlari tavsiya qilinadi. Ektomorf tana tuzilishiga ega insonlar kaloriyalarining koʻp qismi uglevodlardan va kamida 25 foizi oqsildan tashkil topgan boʻlishi lozim. Ovqat ratsioni tarkibi agar mana shu tartibda tuzilsa, inson tana tuzilishi ortishi mumkin[3][4].

Ektomorf belgilari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Boʻy balandligiga nisbatan koʻproq tor yelkalar va sonlar.
  • Suyak uzunligiga nisbatan nisbatan kichikroq mushaklar.
  • Vazn yigʻa olamaslik.
  • TMI ≤17 boʻlsa, potentsial tartibsizlik ovqatlanish (masalan, anoreksiya) belgisidir.[5]