Edgar Pacheco
Edgar Iván Pacheco Rodríguez (talaffuzi: Edgar Ivan Pacheco Rodriguez; 1990-yil 22-yanvarda Meksikaning Gvadalaxara shahrida tugʻilgan) – meksikalik futbolchi, „Antigua Guatemala“ futbol klubi va Meksika terma jamoasida hujumkor yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.
|
| |||
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Edgar Iván Pacheco Rodríguez | ||
| Tavallud sanasi | 22-yanvar 1990-yil | ||
| Tavallud joyi | Guadalajara, Jalisco, Meksika | ||
| Boʻyi | 1.73 m | ||
| Ampluasi | hujumchi | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 2008—2011 | Atlas | 87 | |
| 2011—2015 | Tigres UANL | 16 | (0) |
| 2012—2013 | → León (ijara) | 9 | (1) |
| 2014 | → Zacatecas (ijara) | 14 | (1) |
| 2015 | → Querétaro (ijara) | 11 | (1) |
| 2015 | → Juárez (ijara) | 22 | (4) |
| 2016 | Gangwon FC | 1 | (0) |
| 2016—2017 | Al-Najma | 15 | (4) |
| 2017—2018 | Ermis Aradippou | 16 | (1) |
| 2018 | Doxa Katokopias | 0 | (0) |
| Milliy terma jamoa | |||
| 2011 | Meksika U23 | 4 | (0) |
| 2009—2011 | Meksika | 5 | (1) |
|
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (29-iyul 2020-yil uchun) | |||
Klublardagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Edgar Pacheco „Atlas“ futbol akademiyasining bitiruvchisi. 2008-yil 20-yanvarda Edgar Pacheco Meksika Primerasida „Toluca“ futbol klubiga qarshi debyut qilgan. Yangi murabbiy kelishi bilan Edgar Pacheco koʻproq harakat qila boshlagan va asta-sekin jamoaning asosiy oʻyinchisiga aylangan. 19-oktabr kuni „Necaxa“ futbol klubiga qarshi bahsda Edgar Pacheco klub safida birinchi golini raqib darvozasiga kiritgan[1]. 2010-yil 31-yanvarda „Santos Laguna“ futbol klubiga qarshi oʻyinda jamoa darvozaboni oʻrniga maydonga tushgan. 2011-yilning iyun oyida baʼzi Yevropa jamoalari Edgar Pacheconi sotib olishga qiziqish bildirishgan[2]. Faoliyatini davom ettirish uchun eng eng munosib jamoa deb portugaliyaning „Benfica“ futbol klubini tanlagan[3].
2011-yil 2-iyunda Edgar Pacheco „UANL Tigres“ futbol klubi bilan shartnoma imzolagan[4]. Transfer summasi 4 million dollarni tashkil qilgan. 30-iyul kuni „Querétaro“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u 76-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan va shu tariqa yangi klubda debyut qilgan[5].
2012-yilning yozida Edgar Pacheco doimiy oʻyin amaliyotiga ega boʻlish uchun ijara asosida „León“ futbol klubiga oʻtgan. 28-iyul kuni „Tijuana“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u „León“ futbol klubi safida debyut qilgan[6]. 2013-yilning 28-aprelida „Atlanta“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Edgar Pacheco ilk golini raqib darvozasiga kiritgan[7]. 2014-yilning yozida Edgar Pacheco „Mineros de Zacatecas“ futbol klubi safida yarim yil ijara asosida oʻynagan.
Xalqaro faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]2009-yil 30-sentabrda Edgar Pacheco Kolumbiyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida Meksika terma jamoasi safida debyut qilgan[8]. 2011-yilning 9-fevralida Bosniya va Gersegovina terma jamoasiga qarshi kechgan bahsda u terma jamoadagi ilk golini urgan[9].
2011-yilda Edgar Pacheco jamoada yuz bergan janjal tufayli 8 nafar futbolchi terma jamoadan chetlatilishi sababli, Amerika kubogida ishtirok etish uchun terma jamoaga chaqirilgan[10][11]. Turnirda Edgar Pacheco Chili, Peru va Urugvay jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan[12].
Statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Jamoa | Mamlakat | Mavsum |
|---|---|---|
| Atlas | 2008—2011 | |
| Tigres UANL | 2011—2012 | |
| León | 2012—2013 | |
| Tigres UANL | 2013—2014 | |
| Mineros de Zacatecas | 2014—2015 | |
| Querétaro | 2015 | |
| Júarez | 2015—2016 | |
| Gangwon | 2016 | |
| Al-Najma | Bahrein | 2016—2017 |
| Ermis Aradippou | Chipre | 2016—2017 |
| Doxa Katokopias | Chipre | 2017 |
| Sabail FK | Chipre | 2018—2019 |
| Antigua GFC | Guatemala | 2019 |
| Valletta Football Club | Malta | 2020 |
Meksika safidagi gollari
[tahrir | manbasini tahrirlash]| № | Sana | Joy | Raqib | Hisob | Natija | Musobaqa |
|---|---|---|---|---|---|---|
| 1. | 2011-yil 9-fevral | Georgia House, Atlanta, Amerika Qoʻshma Shtatlari | Bosniya va Gertsegovina | 2 :0 | 2 :0 | Oʻrtoqlik uchrashuvi |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Некакса VS. Атлас 0:1“. 7-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-may 2013-yil.
- ↑ „En Europa queren a Pacheco, pero no hay nada firme“[sayt ishlamaydi]. Informador.com.mx. Retrieved 20 June 2011.
- ↑ „Edgar Pacheco é alvo encarnado“[sayt ishlamaydi] . Abola (in Portuguese). Retrieved 21 May 2011.
- ↑ „Es oficial: Atlas vende a Édgar Pacheco a Tigres por cuatro millones“: Goal.com (Spanish). Retrieved 2 June 2011.
- ↑ „Pacheco está contento por su debut con Tigres“[sayt ishlamaydi]. Record.com.mx. Retrieved 1 August 2011.
- ↑ „Леон VS. Тихуана 4:0“ (ruscha). soccerway.com (21-iyul 2013-yil). 7-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-may 2013-yil.
- ↑ „Леон VS. Атланте 1:0“ (ruscha). soccerway.com (28-aprel 2013-yil). 3-fevral 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-fevral 2015-yil.
- ↑ „Мексика VS. Колумбия 1:2“ (ruscha). soccerway.com (30-sentabr 2009-yil). 4-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-fevral 2015-yil.
- ↑ „Мексика VS. Босния и Герцеговина 2:0“ (ruscha). soccerway.com (9-fevral 2011-yil). 27-dekabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-fevral 2015-yil.
- ↑ „Чили VS. Мексика 2:1“ (ruscha). soccerway.com (5-iyul 2011-yil). 7-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-fevral 2015-yil.
- ↑ „Перу VS. Мексика 1:0“ (ruscha). soccerway.com (9-iyul 2011-yil). 3-fevral 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-fevral 2015-yil.
- ↑ „Уругвай VS. Мексика 1:0“ (ruscha). soccerway.com (13-iyul 2011-yil). 2-iyun 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-fevral 2015-yil.
