Kontent qismiga oʻtish

Edelvays

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Edelvaysning ko'rinishi

Edelvays — murakkabgullilar oilasiga mansub koʻp yillik oʻsimliklar turkumiga kiradigan, manzarali togʻ guli. Vatani — Yevropa, Xitoy, Yaponiya va Sibirda ham uchraydi. Alp togʻlarining ohaktoshli qoyalarida, dengiz sathidan 1700—2300 metr balandlikda alp edelvaysi, Sibirda sibir edelvaysi, Himolay togʻlarida himolay edelvaysi oʻsadi. Edelvays poyasining hamma qismi oppoqtuklar bilan qoplangan. Savatchasi tukli qoplovchi tangacha barglar bilan oʻralgan, yulduzsimon murakkab toʻpgul hosil qiladi. Edelvays iyul–avgustda gullaydi. Sibir va himolay edelvayslari sovuqqa chidamli. Manzarali oʻsimlik sifatida ekiladi.