Earth Angel

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
„Earth Angel“
The Penguins qoʻshigʻi
A tomon „Hey Señorita“
Chiqarilgan sanasi 1954-yil oktyabr
Yozib olingan 1954-yil avgust-sentyabr
Janr
Davomiyligi 2:57
Leybl
Matn muallif(lar)i
Prodyuser(lar) Dootsie Williams
The Penguins singllari xronologiyasi
Earth Angel
(1954)
„No There Ainʼt No News Today / When I Am Gone“
(1954)

Earth Angel“ (tarjimasi „Yer farishtasi“) (Earth Angel (Will You Be Mine) (tarjimasi „Yer farishtasi (Meniki boʻlasanmi)“ deb ham nomlanadi) — AQShda tuzilgan „The Penguins“ guruhi ijro etgan qoʻshiq. 1954-yilning oktyabrida „Dootone Records“ leyblida guruhning ilk singli oʻlaroq chiqarilgan. Guruh bundan bir yil oldin tuzilgan boʻlgan va „Earth Angel“ ashulasining ilk versiyasini Los Angelesdagi garajlarning birida yozgan. Qoʻshiqning kelib chiqishi bir necha manbaga, jumladan, xonadalar Jesse Belvin va Patti Page hamda „TheHollywood Flames“ guruhi ijro etgan taronalarga borib taqaladi. „The Penguins“ guruhi aʼzolari qoʻshiq muvaffaqiyati ortidan unga produserlik qilgan Dootsie Williams bilan bir necha yil davomida sudlashgan.

Ashulaning ilk versiyasiga qoʻshimcha cholgʻu asboblari partiyalarini qoʻshish rejasi boʻlgan, ammo ilk versiya kutilmaganda xitga aylangan. Dastlab janubiy Kaliforniyada ommalashgan qoʻshiq 1954–1955-yillarning qishida AQSh boʻylab shuhrat qozongan. „Earth Angel“ „Billboard“ jurnalining milliy pop qoʻshiqlar xit-paradiga kirgan ilk mustaqil leybl orqali chiqarilgan taronadir. Ashula mazkur xit-paradda yuqori oʻntalikka kirgan. Jurnalning R&B xit-paradida esa ashula bir necha hafta davomida eng yuqori pogʻonani egallab turgan. Oq tanli xonandalardan iborat „Crew-Cuts“ guruhi ijro etgan kaver versiya pop xit-paradlarda yanada yuqoriroq koʻtarilib, uchinchi oʻrinni egallagan. Qoʻshiqni bir necha xonanda, jumladan, Gloria Mann, Tiny Tim va Johnny Tillotson kaver qilgan.

„Earth Angel“ qoʻshigʻi „The Penguins“ guruhining yagona xiti boʻlib, pirovardida 10 milliondan oshiq nusxada sotilgan[1]. 1950-yillar davomida taronaning original versiyasi xit boʻlib qolgan. 2005-yil Kongress kutubxonasi taronani „madaniy, tarixiy yoki estetik jihatdan muhim“ deb topib, Milliy audioyozuvlar reyestriga kiritgan[2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Martin, Douglas.. „Cleve Duncan, the Voice of 'Earth Angel', Dies“ (11.14.2012). Qaraldi: 28-iyul 2022-yil.
  2. „Grunge, Rap Music Added to U.S. Recording Registry“. NPR (2005-yil 4-may). Qaraldi: 28-iyul 2022-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]