Dylan Easton

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Dylan Easton
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Dylan Easton
Tavallud sanasi 6-aprel 1994-yil (1994-04-06) (30 yosh)
Tavallud joyi Edinburgh, Shotlandiya
Boʻyi 1.75 m
Ampluasi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Raith Rovers
Raqami 23
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Hutchison Vale
2011—2012 Livingston
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2012—2013 Livingston 6 (0)
2013 Berwick Rangers 17 (2)
2013—2015 St Johnstone 0 (0)
2014—2015Arbroath (ijara) 3 (0)
2015Dumbarton (ijara) 13 (0)
2015—2016 Elgin City 22 (3)
2016—2017 Clyde 5 (1)
2017—2019 Forfar Athletic 66 (11)
2019—2021 Kelty Hearts 20 (12)
2021—2022 Airdrieonians 34 (8)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2021-yil 8-noyabr uchun)

Dylan Easton (talaffuzi: Dilan Iston) (1994-yil 6-aprelda tugʻilgan) — shotlandiyalik futbolchi. Dylan Easton „Raith Rovers“ futbol klubida hujumkor yarim himoyachi va hujumchi sifatida oʻynaydi.

Dylan Easton futbolchilik faoliyati davomida „Livingston“, „Berwick Rangers“, „St Johnstone“, „Elgin City“, „Clyde“, „Forfar Athletic“, „Kelty Hearts“, „Airdrieonians“, „Arbroath“ va „Dumbarton“ futbol klublarida oʻynagan.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Livingston[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dylan Easton „Hutchison Vale“ futbol klubining yoshlar jamoasida tarbiyalangan. Keyinchalik, 2011-yil iyul oyida Dylan Easton „Livingston“ futbol klubi safiga qoʻshilgan[1]. 2012-yilning 11-fevralida „Partick Thistle“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Dylan Easton (17 yoshida) oʻzining birinchi jamoadagi debyut oʻyinini oʻtkazgan[2].

St Johnstone[tahrir | manbasini tahrirlash]

2013-yilda Dylan Easton Shotlandiya Premer ligasi vakili „St Johnstone“ futbol klubi bilan shartnoma imzolagan. Dylan Easton 2015-yilning avgustida oʻzaro kelishuvga koʻra klubni tark etgan.

Dumbarton (ijara)[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dylan Easton 2015-yilning yanvar oyida ijara shartnomasi asosida „Dumbarton“ futbol klubi safiga oʻtgan. Dylan Easton klub safidagi ilk oʻyinini „Livingston“ futbol klubiga qarshi oʻyinda (5:1) oʻtkazgan.

Elgin City[tahrir | manbasini tahrirlash]

2015-yil oktyabr oyida Dylan Easton (2015-yil avgustida oʻzaro kelishuvga koʻra „St Johnstone“ futbol klubini tark etganidan keyin) „Elgin City“ futbol klubi bilan 2016-yil yozigacha amal qiladigan shartnoma imzolagan. Dylan Easton klubdagi oʻyinlarida qisqa vaqt ichida koʻplab golli uzatmalarni amalga oshirgan. Dylan Easton bir nechta ajoyib oʻyinlari bilan muxlislarning sevimlisi futbolchisiga va mavsumning yulduz futbolchilaridan biriga aylangan.

Clyde[tahrir | manbasini tahrirlash]

2016-yil 28-may kuni Dylan Easton Shotlandiya Ikkinchi ligasi vakili „Clyde“ futbol jamoasi bilan shartnoma imzolagani eʼlon qilingan[3]. Dylan Easton „Clyde“ futbol klubi safida 2016—2017-yilgi mavsumning eng yaxshi golini kiritishga muvaffaq boʻlgan. Yarim himoyachining avgust oyida „Montrose“ klubiga qarshi oʻyindagi ajoyib zarbasi onlayn ovoz berishda mavsumning eng yaxshi goli deb topilgan. Dylan Easton 2017-yil iyun oyida „Clyde“ futbol klubini tark etgan[4].

Forfar Athletic[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dylan Easton 2017-yilning 20-iyunida Dylan Easton „Forfar Athletic“ futbol klubi bilan ikki yillik kleishuvga erishgan[5].

Kelty Hearts[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dylan Easton 2019-yil iyun oyida „Kelty Hearts“ futbol klubi safiga qoʻshilgan[6].

Airdrieonians[tahrir | manbasini tahrirlash]

2021-yil 11-iyun kuni Dylan Easton Shotlandiya Birinchi ligasi vakili „Airdrieonians“ futbol klubi bilan shartnoma imzolagan[7].

Raith Rovers[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yil 26-mayda Dylan Easton Shotlandiya chempionati ishtirokchisi „Raith Rovers“ futbol klubi safiga 2 yillik shartnoma asosida qoʻshilgan.

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2019-yil 11-may holatiga ko'ra;
Klub Mavsum Liga Milliy kubok Liga kubogi Boshqa Jami
Diviziya Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
Livingston 2011—2012 Shotlandiya Birinchi divizioni 2 0 0 0 0 0 0 0 2 0
2012—2013 4 0 0 0 2 1 0 0 6 1
Jami 6 0 0 0 2 1 0 0 8 1
Berwick Rangers 2012—2013 Shotlandiya Uchinchi divizioni 16 2 0 0 0 0 2 0 18 2
St Johnstone 2013—2014 Shotlandiya Premer ligasi 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0
Arbroath (ijara) 2014—2015 Shotlandiya Ikkinchi ligasi 3 0 0 0 0 0 0 0 3 0
Dumbarton (ijara) 2014—2015 Shotlandiya chempionati 13 0 0 0 0 0 0 0 13 0
Elgin City 2015—2016 Shotlandiya Ikkinchi ligasi 22 3 2 0 0 0 2 0 26 3
Clyde 2016—2017 Shotlandiya Ikkinchi ligasi 5 1 0 0 4 1 0 0 9 2
Forfar Athletic 2017—2018 Shotlandiya Birinchi ligasi 32 5 1 0 3 0 1 0 37 5
2018—2019 34 6 1 0 4 1 3 0 42 7
Jami 66 11 2 0 7 1 4 0 79 12
Jami 131 17 4 0 13 3 8 0 156 20

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Dylan Easton Livingston Profile“. Livingston F.C.. Qaraldi: 13-fevral 2012-yil.
  2. „Livingston 3 – 1 Partick Thistle“. Scottish Football League (11-fevral 2012-yil). 2012-yil 23-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-fevral 2012-yil.
  3. „Dylan Easton Signs for Clyde“. Clyde FC (28-may 2016-yil). Qaraldi: 28-may 2016-yil.
  4. „Dylan Easton Moves On“. Clyde FC (11-iyun 2017-yil). Qaraldi: 12-iyun 2017-yil.
  5. „Dylan Easton joins the 'Loons'“. Forfar Athletic FC (20-iyun 2017-yil). 2018-yil 17-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-iyun 2017-yil.
  6. „Kelty Hearts signal ambition after signing Championship striker“ (inglizcha). www.scotsman.com. Qaraldi: 21-iyun 2019-yil.
  7. „Diamond Dylan on board“. Airdrieonians FC (11-iyun 2021-yil). Qaraldi: 8-noyabr 2021-yil.