Edinburgh

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

EdinburgBuyuk Britaniyadagi shahar, FertofFort qoʻltigʻi sohilida. Shotlandiyaning bosh shahri, Lotian rayonining maʼmuriy markazi. Aholisi 380,5 ming kishi (2001). Transport yoʻllarining yirik chorrahasi. Muhim madaniyat va sanoat markazi. Qogʻoz, poligrafiya, oziq-ovqat (jumladan, pivo pishirish va viski ishlab chiqarish), mashinasozlik (tibbiyot asboblari ishlab chiqarish, priborsozlik, elektrotexnika, radioelektronika), kimyo (farmatsevtika, oʻgʻitlar ishlab chiqarish) korxonalari mavjud. Universitet (16-asr dan), Shotlandiya akademiyasi, rasadxona, Shotlandiya Qirollik muzeyi, Milliy muzey, Milliy galereya, Edinburg munitsipal muzeyi va boshqalar bor. Shahar 6-asrdan maʼlum. 15-asrdan Shotlandiya poytaxti. Meʼmoriy yodgorliklardan sobiq qirol koʻshki (11—16-asrlar), Shotlandiya qirollari saroyi (1128) va boshqalar 11—19-asrlarda qurilgan binolar saqlangan.