Kontent qismiga oʻtish

Duxshala

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Duxshala
Jins ayol
Otasi Dxritarashtra
Onasi Gandxari
Aka va singillari Duryadxon, Duxshasana va Vikarna
Turmush oʻrtogʻi Jayadratxa

Duxshala — qadimgi hind eposining „Mahabharata“ qahramoni. Oy sulolasining malikasi, koʻzlari koʻr qirol Dxritarashtra va malika Gandxarining qizi. Valiahd shahzoda, „Mahabharata“ ning asosiy salbiy qahramoni Duryadxonning singlisi. Shivaning sehrli aralashuvi va ilohiy donishmand Vyasaning yordami natijasida qirolicha Gandxari yuz nafat oʻgʻil (aka-uka Kauravalar) va yagona qizi Duxshalani dunyoga keltirdi. Duxshala Sindxu va Sauvir shohi Jayadratxaga turmushga berilgan. Malika Kauravalarning singlisi va Pandavalarning amakivachchasi boʻlib, Pandavalarning Kauravalar bilan sulolaviy janjaliga aralashib qoldi. Jayadratxa Pandavaning rafiqasi Draupadiga suiqasd qilgan, Pandavalarga qarshi kurashda Kauravalar tomonida jang qilgan va Kurukshetra jangida beshta Pandavalarning oʻrtanchasi Arjuna tomonidan oʻldirilgan. Oʻn sakkiz kunlik qonli jangda Pandavalar gʻalaba qozondi, ularning eng katta akasi Yudxishtxira Kaurava taxtiga oʻtirdi va Duxshala turmush oʻrtogʻi, farzandlari, barcha akalari, amakilari va jiyanlaridan ayrildi. Uning nabirasi Kurukshetra jangidan keyin Sindxu qirolligiga atrofdagi shohlarni boʻysundirish va Kaurava shohi Yudxishtxira tomonidan ot qurbonligi (ashvamedha) uchun soliq yigʻishga kelganida Arjuna bilan jang qilgan. Arjuna Dushxalani oʻzining singlisi deb bilgan va shuning uchun unga boʻlgan muhabbati tufayli Surataning oʻgʻlini oʻldirmadi va Sindxu shohligini tark etdi.

  • Махабхарата. Книга первая Адипарва. Пер. с санскр. и коммент. В. И. Кальянова. М.-Л., 1950.
  • Махабхарата. Книга третья Араньякапарва (Книга Лесная). Пер. с санскр. и коммент. Я. В. Василькова и С. Л. Невелевой. М., 1987.
  • Махабхарата. Книга седьмая Дронапарва (Книга о Дроне). Пер. с санскр. и коммент. В. И. Кальянова. СПб., 1992.
  • Махабхарата. Книга четырнадцатая Ашвамедхикапарва (Книга об жертвоприношении коня). Пер. с санскр. и коммент. Я. В. Василькова и С. Л. Невелевой. СПб., 2003.