Dunia Susi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Dunia Susi
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 10-avgust 1987-yil (1987-08-10) (36 yosh)
Tavallud joyi Enfield, London, Angliya
Boʻyi 5 ft 7 in (1.70 m)
Ampluasi Himoyachi, Yarim himoyachi, Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Notts County Ladies
Raqami 2
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Enfield
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2004-2005 Arsenal Ladies
2005-2006 Fulham
2006-2010 Chelsea Ladies
2008 Richmond Kickers Destiny
2011 Birmingham City Ladies 14 (2)
2012-2013 Chelsea Ladies 25 (4)
2014- Notts County Ladies
Milliy terma jamoa
2008 Angliya U23
2009- Angliya 21 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(30-yanvar uchun)

Dunia Susi (talaffuzi: Duniya Susi; 1987-yil 10-avgustda tugʻilgan) — sobiq ingliz futbolchi. FA WSL klubi Notts Countyda oʻynagan va Buyuk Britaniyani Universiada oʻyinlarida ham himoya qilgan[1].

Klublardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Susi futbolchilik faoliyatini Enfield Ladiesda boshlagan, keyinchaik „Arsenal Ladies“ga oʻtdi. 2005-yilda „Fulham Ladies“da oʻynagan va 2006-yil oxirida „Chelsea Ladies“ ga qoʻshilgan[2].

Susi 2008-yilgi Amerika Qoʻshma Shtatlari mavsumini Richmond Kickers Destiny bilan birga Chelseadagi hamkasblari Kylie McCarthy, Emma Delves va Jess OʻDvayer bilan oʻtkazdi[3].

2010-yil dekabr oyida Susi Birmingham Cityning FA WSL jamoasi bilan shartnoma imzolagani maʼlum boʻldi[4]. 2012-yilning fevralida bir mavsumdan soʻng „Chelsea“ga qaytdi[5]. 2014-yil yanvar oyida Susi Notts Countyga qoʻshildi[6].

Terma jamoalardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Angliya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Susi Angliyada 19 yoshgacha[7] va 23 yoshgacha boʻlgan terma jamoalarida oʻynagan. Uning Angliya terma jamoasidagi debyuti 2009-yilning iyul oyida Islandiyaga qarshi oʻyinda Corinne Yorstonning oʻrniga maydonga tushganida, 2:0 hisobida magʻlub boʻlganida boʻlgan[8]. Susining koʻp qirraliligi uni Angliya safida oʻng qanot himoyachisi sifatida tanlanishiga sabab boʻldi[9].

Buyuk Britaniya Olimpiyadasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2012-yil iyun oyida Susi 2012-yilgi London Olimpiadasi uchun Buyuk Britaniyaning 18 oʻyinchisidan iborat toʻrtta zahiradan biri edi[10]. Guruhning ikkinchi guruh oʻyinida Kamerun ustidan 3:0 hisobida gʻalaba qozoninlgan oʻyinda Ifeoma Dieke tizzasidan jarohat oldi va Susi oʻrniga maydonga tushdi[11].

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Susi futbolchilik faoliyatini maktab oʻgʻil bolalar jamoasi sardori sifatida boshlagan. Keyin u Enfield Ladies U-12 va U-14 safida oʻynashni davom ettirdi va bir mavsumda 96 ta gol urdi. Keyin„ Arsenal Ladies“ga qoʻshildi. Zaxira va asosiy jamoaga oʻtdi. Susi „Arsenal“ da atigi 17 yoshida „Everton Ladies“ga qarshi zaxira oʻrindigʻida boʻldi. 2005-yilda Susi asosiy jamoada qoʻshimcha tajriba orttirish uchun bir mavsumga Fulhamga koʻchib oʻtdi. Faqat 19 oʻyinda 15 ta gol urganidan soʻng, „Chelsea Ladies“ga oʻtdi. Susi Westminster universitetida biznes iqtisodiyoti talabasi sifatida oʻqigan[3].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Brits Fail To Break China“. Fair Game (2007-yil 9-avgust). Qaraldi: 2009-yil 30-iyul.
  2. „Chelsea aiming higher“. Women's Football News Archive (2006-yil 17-avgust). 2011-yil 8-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 30-iyul.
  3. 3,0 3,1 „Chelsea Ladies Join Kickers Destiny“. USL Soccer (2008-yil 16-may). 2011-yil 10-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 30-iyul.
  4. „Exciting Blues news!“. She Kicks (2010-yil 20-dekabr). 2011-yil 26-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 20-dekabr.
  5. „STRENGTH IN UNITT-Y“. Birmingham City FC (2012-yil 8-fevral). 2012-yil 30-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 8-fevral.
  6. „Three more join Notts County“. She Kicks (2014-yil 30-yanvar). 2014-yil 2-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 30-yanvar.
  7. „Busy schedule coming up for England Under 19s and Under 17s“. Give Me Football (2006-yil 31-mart). 2012-yil 22-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 26-avgust.
  8. „England women 0–2 Iceland women“. BBC Sport (2009-yil 17-iyul). Qaraldi: 2009-yil 30-iyul.
  9. „A striking victory“. The FA.com (2010-yil 25-mart). Qaraldi: 2010-yil 21-may.
  10. „Team GB women's squad for London 2012 announced“. BBC Sport (2012-yil 26-iyun). Qaraldi: 2012-yil 26-iyun.
  11. „Dunia in for Dieke“. She Kicks (2012-yil 30-iyul). 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 31-iyul.