Duncan Lawrence
Duncan Lawrence | |
---|---|
![]() Duncan Lawrence Eurovision 2019 qo'shiq tanlovi taqdirlash marosimida | |
Umumiy maʼlumot | |
Tavalludi |
Duncan de Moor 11-aprel 1994-yil |
Fuqaroligi | Kingdom of the Netherlands |
Kasbi | Qo'shiqchi |
Leybl |
|
Janr | Pop |
Faoliyat yillari | 2014–hozirgi payt |
Veb-sayt | https://www.duncanlaurence.nl/ |
Dunkan de More (niderlandcha: Duncan de Moor), Duncan Lawrence nomi bilan tanilgan (inglizcha: Duncan Lawrence; 1994-yil 11-aprel) – gollandiyalik estrada xonandasi, „Arcade“[1] qoʻshigʻi bilan Eurovision 2019 qoʻshiq tanlovi gʻolibi boʻlgan[2][3].
Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]
2012-yilda Brill shahrida boʻlib oʻtgan isteʼdodlar tanlovida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan. Bir yil oʻtgach, oʻzining „The Slick and Suited“ guruhiga asos soldi va Tilburgdagi Rok akademiyasida musiqiy faoliyatini boshladi. 2013-yilda Groningendagi Eurosonic Noorderslag festivalida chiqish qilgan.
Ilse De-Langi[4] boshchiligida „Gollandiya ovozi“ tanlovining beshinchi mavsumida ishtirok etgan. Jihod Ramuni bilan birgalikda 2018-yilda Koreyaning TVXQ guruhining „New Chapter #1: The Chance of Love“[5] albomi uchun „Closer“ qoʻshigʻini yozgan.
2019-yilda Tel-Avivda (Isroil) boʻlib oʻtgan Eurovision 2019 qoʻshiq tanlovida „Arcade“ nomli qoʻshigʻi bilan Niderlandiya nomidan ishtirok etgan va 498 ball (hakamlar hay’atidan 237 ball va tomoshabinlardan 261 ball) bilan tanlovda gʻolibiga aylangan.
Bundan tashqari, Lourens 2020-yilda tanlov bekor qilingani sababli bugungi kunga qadar eng uzoq vaqt gʻolib sifatida qolgan Eurovision gʻolibi hisoblanadi. Yangi gʻolib 2021-yil 22-maygacha aniqlanmagani sababli Lourens unvonini ikki yildan koʻproq vaqt davomida saqlab qolgan.
„Eurovision 2021“ning finalida jonli ijroda chiqishi rejalashtirilgan edi, biroq koronavirus testi ijobiy chiqqanligi sababli sahnaga chiqmagan[6] va final paytida, qoʻchiqchining oldindan yozib olingan kadrlari efirga uzatilgan[7][8].
Shahsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]
2020-yilning fevral oyida tugʻma kislorod yetishmasligi va buning natijasida natijada oʻng qoʻlida harakat buzilishi borligini aniqlandi.
U Biseksual[9]. „Eurovision 2019“ finali oldidan oʻtkazilgan matbuot anjumanida Lourens shunday degan: „Men shunchaki artist emasman, men insonman, men tirik mavjudotman, men biseksualman, men musiqachiman, gʻoyalar uchun kurashaman va men kimligimni koʻrsatish imkoniyatiga ega ekanligimdan faxrlanaman“[10]. 2019-yil iyun oyida polshalik jurnalist Sergiush Krulak bilan suhbat chogʻida Dunkan hozirda bir erkak bilan munosabatda ekanligini tasdiqladi[11]. 2019-yil sentyabr oyida juftlik ajrashgani maʼlum boʻldi.
2020-yil 5-oktabrda Lawrence amerikalik qoʻshiqlar muallifi Jordan Garfildga unashtirilganini eʼlon qildi.
2023-yil 21-avgustda juflik Shvetsiyada turmush qurishdi.
Diskografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Albomlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Worlds On Fire (EP) – 2020-yil 13-may
- Small Town Boy – 2020-yil 13-noyabr
Singllari[tahrir | manbasini tahrirlash]
- „Arcade“
- „Love Donʼt Hate It“
- „Someone Else“
- „Last Night“
- „Feel Something“
- „Stars“
- „Heaven Is a Hand to Hold“
- „Back to Back“
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ „The Netherlands: Duncan Laurence To Sing “Arcade” In Tel Aviv“. 7-mart 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 12-mart 2019-yil.
- ↑ Groot, Evert „Duncan Laurence will represent The Netherlands this year“. eurovision.tv (21-yanvar 2019-yil). 5-fevral 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 12-mart 2019-yil.
- ↑ „Дункан Лоуренс - представитель Нидерландов“. evrovidenie2019.org. 5-may 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 5-may 2019-yil.
- ↑ Popescu, David „Netherlands: Duncan Laurence on his way to Tel-Aviv!“. escunited.com (21-yanvar 2019-yil). 2-dekabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 12-mart 2019-yil.
- ↑ Koeleman, Danja „Duncan Laurence naar Songfestival: Wie is de 24-jarige zanger?“ (nl). nu.nl (21-yanvar 2019-yil). 19-aprel 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 12-mart 2019-yil.
- ↑ „Победитель "Евровидения-2019" заразился коронавирусом и не выступит вживую в финале“. ТАСС. 20-may 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 20-may 2021-yil.
- ↑ „Eurovision'21: Duncan Laurence Tests Positive For COVID-19“ (en-GB). Eurovoix (20-may 2021-yil). 29-iyul 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 20-may 2021-yil.
- ↑ „Duncan Laurence via eerder opgenomen repetitie te zien in finale Songfestival“ (nl). NU (21-may 2021-yil). 21-may 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 21-may 2021-yil.
- ↑ „𝕯𝖚𝖓𝖈𝖆𝖓 𝕷𝖆𝖚𝖗𝖊𝖓𝖈𝖊 в Instagram: «“Some say love...” A phrase of a great song by Bette Midler. To me love has no limits and especially not in gender. A couple of years ago I…»“ (ru). Instagram. 24-yanvar 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 19-may 2019-yil.
- ↑ „Dutch Eurovision contestant Duncan Laurence comes out as bisexual“ (en). Gay Times (18-may 2019-yil). 19-may 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 19-may 2019-yil.
- ↑ „Duncan Laurence - zwycięzca Eurowizji 2019 o braku akceptacji i niesamowitym geście rodziców [WIDEO“] (pl). plejada.pl (2-iyun 2019-yil). 3-iyun 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 6-avgust 2019-yil.