Douglas Santos
Douglas Santos (talaffuzi: Duglas Santos) — braziliyalik futbolchi, „Zenit“ klubi himoyachisi. 2016-yilda Rio-de-Janeyroda boʻlib oʻtgan Olimpiya oʻyinlari gʻolibi.
Douglas Santos ![]() | |
---|---|
![]() | |
Umumiy maʼlumotlari | |
Tugʻilgan |
22-marta 1994-yil[1][2] (28 yosh) |
Fuqaroligi | |
Boʻyi |
175 sm |
Vazni |
69 kg |
Pozitisyasi | Chap himoyachi |
Klub haqida maʼlumotlari | |
Klub | |
Raqami |
3 |
![]() |
Jamoalardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]
„Nautico Recife“ klubi tarbiyalanuvchisi. 2012-yilning 16-fevralida Pernambukano ligasida „Central“ga qarshi oʻyinda u asosiy jamoada debyut qilgan[3]. 26-fevral kuni „Belo Jardim“ga qarshi kechgan duelda Santos „Nautico Recife“ safida ilk golini kiritgan[4]. 19-iyul kuni „Ponte Preta“ qarshi oʻyinda Santos Braziliya A Seriyasida debyut qilgan[5]. 2013-yilning yozida u Ispaniyaning „Granada“ klubiga oʻtib, besh yillik shartnoma imzolagan. Transfer summasi 2,3 million yevroni tashkil qilgan edi. Santos darhol Italiyaning hamkor klubi „Udinese“ jamoasiga ijaraga berilgan. Shu bilan birga keyin uni sotib olgan. 21-dekabr kuni „Livorno Calcio“ jamoasiga qarshi oʻyinda u Italiya A seriyasida debyut qilgan[6].
2016-yilning yozida Santos Germaniyaning „Hamburg“ jamoasiga koʻchib oʻtgan[7]. Transfer summasi 7,5 million yevroni tashkil qilgan. 17-sentyabr kuni „RB Leipzig“ qarshi oʻyinda Germaniya Bundesligasida debyut qilgan[8]. 2018-yilning mart oyida poytaxtning „Hertha“ klubiga qarshi kechgan duelda Duglas „Hamburg“ safidagi ilk golini urgan. Mavsum oxirida klub Ikkinchi Bundesligaga tushib ketdi, lekin Santos jamoada qoldi.
2019-yilning yozida Santos Rossiyaning „Zenit“ klubiga oʻtib, 5 yillik shartnoma imzolagan. Transfer summasi 10,8 million yevroni tashkil qilgan[9]. U 14-iyul kuni „Tambov“ga (2:1) qarshi birinchi davradagi uy oʻyinida debyut qilgan.
Jamoadagi karyerasi[tahrir | manbasini tahrirlash]
2013-yilda Braziliya yoshlar terma jamoasi tarkibida Santos Argentinada boʻlib oʻtgan Janubiy Amerika yoshlar chempionatida ishtirok etgan. Turnirda u oʻrinbosar boʻlgan va hech qachon maydonga tushmagan.
Yoshlar terma jamoasi tarkibida Santos ikki marta Tulondagi turnirda g‘olib chiqdi[10][11].
2016-yilda Braziliya olimpiya terma jamoasi tarkibida Santos Rio-de-Janeyrodagi Olimpiya oʻyinlarida gʻolib chiqdi[12][13]. Turnirda u Janubiy Afrika, Iroq, Daniya, Kolumbiya, Gonduras va Germaniya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan[14][15].
2016-yil 30-may kuni Panamaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida Santos Braziliya terma jamoasi safida debyut qilgan[16]. Oʻsha yili u AQShda boʻlib oʻtgan Amerika kubogida ishtirok etgan. Turnirda u zaxiradan maydonga tushmagan.
Statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Klub | Mavsum | Liga | Kubog | Milliy kubog | Millatlar ligasi | Boshqa | Jami | |||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Bo`lim | O`yinlar | Gollar | O`yinlar | Gollar | O`yinlar | Gollar | O`yinlar | Gollar | O`yinlar | Gollar | O`yinlar | Gollar | ||
Náutico | 2012 | Série A | 22 | 1 | — | — | 3 | 1 | — | 25 | 2 | |||
2013 | — | 2 | 0 | — | 12 | 1 | — | 14 | 1 | |||||
Jami | 22 | 1 | 2 | 0 | — | 15 | 2 | — | 39 | 3 | ||||
Udinese (loan) | 2013–2014 | Serie A | 3 | 0 | — | — | — | — | 3 | 0 | ||||
Atlético Mineiro | 2014 | Série A | 13 | 1 | 6 | 0 | — | — | — | 19 | 1 | |||
2015 | 31 | 0 | 2 | 0 | 6 | 1 | 9 | 0 | — | 48 | 1 | |||
2016 | 10 | 0 | 1 | 0 | 10 | 0 | 10 | 1 | 1 | 0 | 32 | 1 | ||
Total | 54 | 1 | 9 | 0 | 16 | 1 | 19 | 1 | 1 | 0 | 99 | 3 | ||
Hamburger SV | 2016–2017 | Bundesliga | 20 | 0 | 2 | 0 | — | — | — | 22 | 0 | |||
2017–2018 | 27 | 1 | 1 | 0 | — | — | — | 28 | 1 | |||||
2018–2019 | Bundesliga | 33 | 1 | 5 | 1 | — | — | — | 38 | 2 | ||||
Total | 80 | 2 | 8 | 1 | — | — | — | 88 | 3 | |||||
Zenit Saint Petersburg | 2019–2020 | Russian Premier League | 28 | 0 | 4 | 0 | 6 | 0 | — | — | 38 | 0 | ||
2020–2021 | 28 | 3 | 0 | 0 | 5 | 0 | — | 1 | 0 | 34 | 3 | |||
2021–2022 | 27 | 0 | 2 | 1 | 7 | 0 | — | 1 | 0 | 37 | 1 | |||
2022–2023 | 11 | 0 | 2 | 0 | — | — | 1 | 0 | 13 | 0 | ||||
Jami | 94 | 3 | 8 | 1 | 18 | 0 | — | 3 | 0 | 122 | 4 | |||
Jami | 253 | 7 | 27 | 2 | 34 | 1 | 34 | 4 | 3 | 0 | 351 | 13 |
Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Jamoaviy yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Mineiro ligasi chempioni — 2015-yil
- Braziliya kubogi sohibi 2014-yil
- Rossiya chempioni — 2019-2020, 2020-2021, 2021-2022
- 2019-2020-yilgi Rossiya kubogi gʻolibi
- Rossiya Superkubogi gʻolibi — 2020, 2021, 2022
Terma jamoadagi yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Shaxsiy yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Braziliya kumush toʻp sohibi: 2015-yil
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ Douglas Santos // Transfermarkt.com (mn.) — 2000.
- ↑ Douglas dos Santos Justino de Melo // As (isp.) — Madrid: Grupo PRISA, 1967.
- ↑ „Наутико Ресифи VS. Сентрал 2:0“ (en). soccerway.com (16-fevral 2012-yil).
- ↑ „Наутико Ресифи VS. Бело Жардим 3:1“ (en). soccerway.com (26-fevral 2012-yil).
- ↑ „Наутико Ресифи VS. Понте-Прета 3:0“ (en). soccerway.com (19-iyul 2012-yil).
- ↑ „Ливорно VS. Удинезе 1:2“ (en). soccerway.com (21-dekabr 2013-yil).
- ↑ „HSV verpflichtet Douglas Santos.“ (de). Hamburger SV (31-avgust 2016-yil). Qaraldi: 31-avgust 2016-yil.
- ↑ „Гамбург VS. РБ Лейпциг 0:4“ (en). soccerway.com (17-sentyabr 2016-yil).
- ↑ „«Зенит» объявил о переходе Дугласа Сантоса“ (ru). sports.ru (4-iyul 2019-yil).
- ↑ „Дания (до 23) VS. Бразилия (до 23) 0:4“ (en). soccerway.com (11-avgust 2016-yil).
- ↑ „Бразилия (до 23) VS. Колумбия (до 23) 2:0“ (en). soccerway.com (14-avgust 2016-yil).
- ↑ „Бразилия (до 23) VS. Ирак (до 23) 0:0“ (en). soccerway.com (8-avgust 2016-yil).
- ↑ „Бразилия (до 23) VS. ЮАР (до 23) 0:0“ (en). soccerway.com (4-avgust 2016-yil).
- ↑ „Бразилия (до 23) VS. Германия (до 23) 1:1“ (en). soccerway.com (20-avgust 2016-yil).
- ↑ „Бразилия (до 23) VS. Гондурас (до 23) 6:0“ (en). soccerway.com (17-avgust 2016-yil).
- ↑ „Панама VS. Бразилия 0:2“ (en). soccerway.com (30-may 2016-yil).