Dorul Ulum Nadvatul Ulamo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Dorul Ulum Nadvatul Ulamo

Dorul Ulum Nadvatul Ulamoning koʻrinishi
Shiori إلى الإسلام من جديد (tarjimasi:Towards Islam anew)
Asos solingan 26-sentyabr, 1898-yil (125 yil avval) (1898-09-26)
Oʻquv yurti turi Islamiy seminariya
Talabalari 6500+
Kampusi shaharda
Manzili 504/21G, Mankameshwar Mandir Marg, Mukarimnagar, Hasanganj. Lakhnau, Hindiston
Vebsayti nadwa.in

Koordinatalari: 26°51′54.442800000002″N 80°55′57.050399999991″E / 26.86512300000000053°N 80.93251399999999762°E / 26.86512300000000053; 80.93251399999999762 G O


Dorul Ulum Nadvatul Ulamo (tarjimasi: Bilimlar uyi va Olimlar yigʻini universiteti) – Hindistonning Laknau shahrida joylashgan islom seminariyasi[1][2][3]. U 1898-yil 26-sentyabrda Nadvatul ulamo, musulmon olimlari kengashi tomonidan tashkil etilgan.

Ushbu taʼlim muassasasiga butun dunyodan koʻplab musulmon talabalar tashrif buyurishadi. Nadvatul Ulamo turli xil olimlar va talabalarni, shu jumladan hanafiylar (asosiy guruh), shofi’iylar va ahl al-hadislarni tarbiyalaydi. Qolaversa, bu mintaqadagi islom ilmlarini toʻliq arab tilida oʻrgatadigan kam sonli institutlardan biri hisoblanadi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nadvatul Ulamo Islomdagi barcha mazhablarni, ularning eʼtiqodlaridagi tafovutlaridan qatʼi nazar, birlashtirish maqsadida tuzilgan oʻquv dargohidir[1].

Nadva yigʻilish va guruh degan maʼnoni anglatadi, u turli ilohiyot maktablarida tahsil olgan bir guruh hind islom ulamolari tomonidan tuzilganligi uchun shunday nomlangan. Darululoom 1893-yilda Kanpurda tashkil etilgan Nadvatul Ulamoning taʼlim organidir. Oxir-oqibat, u 1898-yilda Lakhnauga koʻchirildi va islomiy oʻquv dasturi zamonaviy fanlar, matematika, kasbiy taʼlim va ingliz tili boʻlimlarining qoʻshilishi bilan yangilandi[1][4].

1898-yil 2-sentyabrda Nadvatul ulamoning idorasi Laknauga koʻchirildi. Dorul Ulum Nadvatul Ulamo 1898-yil 26-sentyabrda ish boshlangan[5].

Maʼmuriyat[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nadvatul Ulamoning menejeri Dorul Ulumning kansleri boʻlib xizmat qiladi. 2000-yilda Rabey Hasani Nadvi kansler etib tayinlangan[6].

Hafizulloh Dorul Ulum Nadvatul Ulamoning birinchi mudiri etib tayinlangan[7]. 2000-yilda Rabey Hasani Nadaviy kansler etib tayinlangach, Said-ur-Rahmon Azmi Nadviy direktor boʻlgan[6].

Nashrlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Al-Baas Al-Islomi: Xalqaro oylik arab jurnali
  • Al-Raid: arab tilida ikki oyda bir marta chiqadigan jurnal.
  • Urdu tilida ikki oyda bir marta chiqadigan Tameer e Hayat jurnali
  • Sachha raahi: Hind tilidagi jurnal

Bitiruvchilar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dorul Ulum Nadvatul Ulamo bitiruvchilari odatda Nadvis deb ataladi. Mashxur bitiruvchilarga quyidagilar kiradi:

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 Shahid Siddiqui. „Decolonisation and the Nadwatul Ulama“. The News International (newspaper) (2017-yil 27-mart). Qaraldi: 2020-yil 6-mart.Shahid Siddiqui (27 March 2017). „Decolonisation and the Nadwatul Ulama“. The News International (newspaper). Retrieved 6 March 2020.
  2. Edicts issued by Indian maulanas leave Muslim voters confused Dawn (newspaper), Published 14 April 2014, Retrieved 6 March 2020
  3. „Darul Uloom Nadwatul Ulama, Lucknow, India Accurate Prayer Times أوقات الصلاة, Qibla اتجاه القبلة Mosques (Masjids), Islamic Centers, Organizations and Muslim Owned Businesses“. Islamicfinder.org website (1980-yil 1-yanvar). Qaraldi: 2020-yil 7-mart.
  4. English Department inaugurated at Darul Uloom Nadwatul Ulama The Siasat Daily (newspaper), Published 5 September 2018, Retrieved 7 March 2020
  5. Ishāq Jalees Nadwi. Tārīkh Nadwatul Ulama (ur) — 212 bet. 
  6. 6,0 6,1 „Principal of Darul Uloom Nadwatul Ulama“. nadwa.in. Qaraldi: 2021-yil 7-iyul.
  7. Ishāq Jalees Nadwi. Tārīkh Nadwatul Ulama — 220 bet. 

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]