Kontent qismiga oʻtish

Dorul Ulum Banskandiy

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Dorul Ulum Baskandiy
دارالعلوم بانسکنڈی
Turi Dorul ulum
Asos solingan sanasi 1897 (126 yil avval) (1897)
Rektori Muhammad Yahyo
Talabalari tax. 1200
Manzili
Banskandiy, Cachar tumani, Assam, 788101[1]
,
Hindiston
Kampusi 9 akr (3.6 ga)

Dorul Ulum Banskandiy (urdu: دار العلوم بانسکنڈی) – Assam shtatining Cachar tumanida joylashgan islom seminariyasi. Bu Shimoliy-Sharqiy Hindistondagi eng yirik islom universiteti boʻlib, Dorul Ulum Deoband metodologiyasiga amal qiladi.

Muassasaga manipuriy musulmon va Imdadulloh Muhojir Makkiyning shogirdi boʻlgan Hofiz Akbar Ali tomonidan asos solingan[2]. Muqaddas qoʻlida bay’at olgach, Makkada uch yil birga boʻladi. Bir kuni Makkiy unga vataniga qaytishni va madrasa muassasasini tashkil etish orqali islomiy taʼlimni yoyishlikni buyuradi. Keyin u Bankandiyga qaytib, 1897-yilda Bankandiy madrasasiga asos soladi. Uning asosiy hamkori oʻz yerini muassasa qurilishiga sovgʻa qilgan Nena Miyan boʻlgan[3].

Keyinchalik Husayn Ahmad Madaniy Bankandiy madrasasini Hindistondagi ikkinchi Dorul Ulum va islomiy taʼlim markaziga aylantirishni orzu qilgan. Shu bois Ahmad Ali Badarpuriyni Shayxul Hadis lavozimiga tayinlaydi. U umrining oxirgi ikki ramazonini oʻsha yerda oʻtkazgan va 1957-yilda Paygʻambarlik anʼanasi yoʻnalishini (Hadis) ochgan. Shuningdek, Bankandiy madrasasidan koʻtarilayotgan taʼlim nuri tez orada dunyoga porlashini bashorat qilgan. Madrasaning ahvoli juda yomon edi. Unda faqat kichik masjid va uchta kottej bor edi. Ammo Ahmad Ali Badarpuriy homiyligida institut juda qisqa vaqt ichida islom universitetiga aylanadi[4][5][3].

Deobandiy olimlari va ularning madrasalari ozodlik uchun kechgan kurashda muhim rol oʻynagan. Ular inglizlarni quvib chiqarishni maqsad qilgan va Hindistonning boʻlinishiga qarshi birlashgan davlatni himoya qilishgan. Bankandiy madrasasi ham bundan mustasno emas edi[3].

Dorul Ulum Banskandiy koʻplab buyuk islom ulamolari, hofizlar, yozuvchilar, yetakchilar, ziyolilar va ijtimoiy islohotchilarni yetishtirgan[3].

Dorul Ulum Banskandit Shimoliy-Sharqiy Hindistonning „Shantiniketan“ (tinchlik maskani) deb ataladi[6].

Nufuzli Dorul Ulum Deobandga namuna hisoblanadi. Koʻp sonli professor-oʻqituvchilarga ega ushbu muassasa har yili minglab talabalarga sifatli taʼlim beradi. Ahmad Ali Badarpuriy orqali katta shuhrat qozongan. Bu yerdan taʼlim olgan ulamolar Shimoliy-Sharqiy mintaqadan tashqari, turli joylarda, jumladan, Deobandda ham xizmat koʻrsatgan[3].

Seminariya quyidagi kurslarda taʼlim olishlikni taklif qiladi[7]:

Muassasaning ochilganidan buyon Hoji Miyozxon, Xalilur Rahmon, Toyib Ahmad Qosmiy va boshqa bir qancha ulamolar uning boshligʻi va mudiri boʻlib ishladilar. Ahmad Ali Badarpuriy xuddi shu muassasaning bosh direktori kabi edi, ammo u rasman hech qachon direktor lavozimini egallamagan. Shayx al-Hadis safida qolgan barcha tomonlarni nazorat qilgan. U seminariyaning yaratuvchisi va asosiy homiysi hisoblanadi. Dorul Ulum Deobandning vitse-kansleri Qori Muhammad Tayyib uni Dorul Ulum Banskandiyning ikkinchi asoschisi deb atagan[3][5].

Muassasaning hozirgi direktori Muhammad Yahyo hisoblanadi[8][9][10][11].

Taniqli bitiruvchilar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Abdurashid (Lanka), Assam shtati Bosh kotibi Jamiyat Ulama e Hind
  • Abdul Haq (Hojayi), Jomiy Jaloliyaning hadis professori, Hojayi
  • Muzammil Ali Assamiy, Jamiyatush shayx Husayn Ahmad al-Madaniy rektori, Honqa, Deoband
  • Hafiz Alaviddin, muassasaning sobiq direktor oʻrinbosari
  • Ibrohim Xalil, Buraburiy madrasasi shayx al-Hadis, Morigaon
  • Muhammad Yahyo, hozirgi direktor va muassasaning Shayx al-Hadisi
  • Abduqodir, Bosh kotib, Asam Davlat Jamiyat Ulama e Hind
  1. Karmakar, Rahul. „Assam Islamic seminary tightens admission rules“ (en). The Hindu (2018-yil 9-iyun). Qaraldi: 2023-yil 2-sentyabr.
  2. Barbhuiya. „Indigenous People of Barak Valley“ (en). Notion Press (2020).
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 3,4 3,5 Ahmad 2000.
  4. Badarpuri 1992.
  5. 5,0 5,1 Qasmi 2010.
  6. „Assam revives awards in the name of historic Muslim personalities“ (en). Qaraldi: 2023-yil 1-sentyabr.
  7. Qasmi, Javed Ashraf. Faizan e Darul Uloom Deoband, 1st (ur), Ghasera, Mewat district, Haryana: Department of publication, Madrasah Ubay bin Ka'b Tahfeez al-Quran al-Kareem, 2000 — 35-bet. 
  8. „Darul Uloom and Dastarbandi function held at Banskandi“ (en). The Sentinel (2017-yil 11-may). Qaraldi: 2023-yil 2-sentyabr.
  9. „Markazul Maarif Mumbai Holds its 18th Convocation“ (en). deoband.net (2013-yil 7-aprel). 2023-yil 7-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 1-sentyabr.
  10. „Family legacy document must for admission; Assam madrassa“ (en). The Northeast Today (2018-yil 9-iyun). 2023-yil 1-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 1-sentyabr.
  11. Mitra, Naresh. „Assam madrassa makes legacy papers a must for admission“ (en). The Times of India (2018-yil 9-iyun). Qaraldi: 2023-yil 1-sentyabr.