Doktor Dumchevning kashfiyotlari
Asl nomi | В стране дремучих трав |
---|---|
Muallif | Vladimir Bragin |
Janr |
ertak-roman ilmiy fantastika |
Til | ruscha |
Tarjimon | Haydar Ibrohimov |
Nashriyot | „Yosh gvardiya“ |
Nashr etilgan sanasi | 1948 |
Sahifalar soni | 304 |
„Doktor Dumchevning kashfiyotlari“ (ruscha: В стране дремучих трав) — rus yozuvchisi Vladimir Bragin qalamiga mansub ertak-roman. Ilk bor 1948-yil Moskva shahrida „Detgiz“ nashriyoti tomonidan chop etilgan.[1] Bu asar muallifning eng mashhur kitobidir. Asarni oʻzbek tiliga Haydar Ibrohimov tarjima qilgan.
Romanda asar qahramoni Sergey Dumchev chumolidek kichrayib qoladi va hashorotlar dunyosiga tushib qoladi. U yerda Dumchev qirq yil yashab, soʻngra Chensk shahriga qaytadi. Asarga ertak-roman deya tavsif berilgan boʻlsa-da, undagi hodisalar ertak emas, balki ilmiy fantastika janridadir.
Oʻzbekcha tarjima[tahrir | manbasini tahrirlash]
„Doktor Dumchevning kashfiyotlari“ni oʻzbek tiliga qayta ishlangan va toʻldirilgan, 1959-yil chop etilgan 2-nashridan Haydar Ibrohimov tarjima qilgan. Oʻzbekcha nashr 1977-yil Toshkent shahrida „Yosh gvardiya“ nashriyotida chop etilgan. Oʻzbekcha nashr oxirida akademik O. I. Oparinning roman haqidagi maqolasi keltirilgan. Oʻzbek tilidagi nashrni tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: S. Yunusov – muharrir, T. Gamidov – rassom, Q. Aliyev – rasmlar muharriri, L. Burkina – texnik muharrir, Sh. Shoumarova – musahhih. Kitob adadi – 30 000 nusxa.
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ „Quyuq oʻtlar mamlakatida“ (ruscha). Rossiya davlat kutubxonasi. Qaraldi: 10-oktabr 2016-yil.
Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
![]() |