Dodo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Dodo
Dodo rekonstruktsiyasi
Muhofaza maqomi
Biologik klassifikatsiya
Olam: Hayvonlar
Tip: Xordalilar
Urugʻ: Raphus
Tur: Cucullatus
Tarixiy areali
Tarixiy areali

Dodo, yoki Mavriki Dronti (lot. Raphus cucullatus) — Kaptarar oilasining Raphus monotipik urugʻiga mansub qirilib ketgan uchmaydigan qush. Hind okeanida joylashgan Mavrikiy orolining endemigi hisoblangan. Dodo haqida birinchi hujjatlashtirilgan maʼlumot 1598-yilda orolga kelgan gollandiyalik dengizchilar tufayli paydo boʻldi.  Inson paydo boʻlishi bilan qush tez-tez och dengizchilar va ularning uy hayvonlari, shuningdek, boshqa introduktsiya qilingan turlarning qurboniga aylandi.  Ilmiy hamjamiyat tomonidan tan olingan tabiatdagi oxirgi kuzatuv 1662-yilda qayd etilgan.  Qirilib ketgani darhol sezilmadi va uzoq vaqt davomida koʻplab tabiatshunoslar dodoni afsonaviy mavjudot deb hisoblashardi, to 19-asrning 40-yillarida, Evropaga 17-asrning boshlarida olib kelingan qoldiqlari oʻrganilmaguncha.  Shu bilan birga, dodolarning kaptarlar bilan turdoshligi birinchi marta koʻrsatilgan.  Oʻshandan beri Mavrikiy orolida, asosan, Mar aux Sanges botqogʻi hududidan qushlarning koʻp sonli qoldiqlari topilgan. Dodoning eng yaqin genetik qarindoshi qirilib ketgan Rodriges dronti edi. Bu ikki tur kaptarlar oilasing, drontlar ost oilasiga birlashtiriladi. Dodoning eng yaqin yashab keluvchi qarindoshi Nikobar kaptaridir. Bir vaqtlar yaqin atrofdagi Reunion orolida oq dodo mavjud deb oʻylashgan, ammo keyinchalik bu taxmin yoʻq boʻlib ketgan Reunion ibisining oq dodolarga oʻxshatib chizilganiga asoslangan chalkashlik ekanligi isbotlangan[1][2].

Ushbu turning kashf etilganidan beri bir asrdan kamroq vaqt ichida yoʻq boʻlib ketishi ilmiy jamoatchilikga hayvonlarning yoʻq boʻlib ketishida odamlarning tasiri borligi maʼlum boʻldi. Dodo Lyuis Kerrollning „Alisa mo'jizalar mamlakatida“ ertagi qahramoni tufayli keng mashxur boʻldi.  Qush Mavrikiy davlatining ramzlaridan biriga aylandi: uning surati mamlakat gerbidan joy olgan. Mahalliy aholi dodo qoldiqlarini tumor va suvenir sifatida keng qoʻllashadi.


Dodoning tashqi koʻrinishi faqat 17-asrning tasvirlari va yozma manbalaridan maʼlum.  Tirik namunalardan koʻchirilgan va bugungi kungacha saqlanib qolgan sanoqli rasmlar bir-biridan farq qilganligi sababli, qushning aniq tashqi koʻrinishi nomaʼlumligicha qolmoqda.  Shunga oʻxshab, uning xulq-atvori haqida ishonch bilan biron nima aytishning iloji yoʻq.

Subfossillar dodoning balandligi taxminan 1 metr boʻlganini va 10-18 kg ogʻirlikda boʻlishi mumkinligini koʻrsatadi. Dodoning hayotda paydo boʻlishi faqat XVII-asrdagi chizmalar, rasmlar va yozma maʼlumotlardan uning jigarrang-kulrang patlari, sariq oyoqlari, bir tutam dum patlari, kulrang, yalangʻoch bosh va qora, sariq va yashil tumshugʻi bilan tasvirlangan. U mevalarni oʻz ichiga olgan ovqatni hazm qilish uchun toshlaridan foydalangan va uning asosiy yashash joyi Mavrikiyning quruqroq qirgʻoq hududlaridagi oʻrmonlar boʻlgan deb ishoniladi. Bir hisobda uning dberiyaji bitta tuxumdan iboratligi aytiladi. Taxminlarga koʻra, Mavrikiyda moʻl-koʻl oziq-ovqat manbalarining mavjudligi va yirtqichlarning nisbiy yoʻqligi tufayli dodo uchishni bilishi shart boʻlmagan. Dodo tarixda semiz va qoʻpol boʻlib tasvirlangan boʻlsada, endi u oʻz ekotizimiga yaxshi moslashgan deb taxmin qilinadi[3].

Dodo skeleti, Zoologiya muzeyi, Kembrij.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]