Do‘stlik MFY (Oltiariq tumani)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Doʻstlik mahalla fuqarolar yigʻini
40°24′18.3″N 71°30′04.9″E / 40.405083°N 71.501361°E / 40.405083; 71.501361 G OKoordinatalari: 40°24′18.3″N 71°30′04.9″E / 40.405083°N 71.501361°E / 40.405083; 71.501361 G O
Mamlakat Oʻzbekiston
Tuman Oltiariq
Ichki boʻlinishi 9 ta koʻcha
Asos solingan 1996-yil
Maydon 8.82 km2 (3.41 mi²)
Rasmiy til(lar)i Oʻzbekcha
Aholisi
 (2022-yil)
3 315 nafar
Milliy tarkib
Konfessiyaviy tarkib Musulmonlar
Vaqt mintaqasi UTC+5
Telefon kodi +998 71
Doʻstlik mahalla fuqarolar yigʻini xaritada
Doʻstlik mahalla fuqarolar yigʻini
Doʻstlik mahalla fuqarolar yigʻini

Fargʻona viloyati, Oltiariq tumani, Poloson shaharchasida joylashgan Doʻstlik mahalla fuqarolar yigʻini dastlab, 1996-yil tashkil topgan. Doʻstlik mahalla fuqarolar yigʻini binosi, Karmak-1 koʻchasi 34-uyda boʻlib, Oltiariq tumani hokimiyat yegʻilishlar zalidan 2,7 km masofa uzoqlikda joylashgan. Tarkibida 9 ta koʻcha boʻlib, umumiy yer maydoni 88,2 gektarni tashkil etadi.

Aholisi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Doʻstlik mahalla fuqarolar yigʻinida 2022-yil statistikasiga koʻra jami 3315 kishi istiqomat qiladi, shundan 1667 nafari ayollardir. Aholining milliy tarkibi asosan oʻzbeklardan iborat. Mahalla fuqarolar yigʻinida 607 ta yakka tartibdagi hovli uylar bor boʻlib, ularda 993 ta oilalar istiqomat qilishadi[1].


Hududi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mahalla fuqarolar yigʻini hududi 88,2 gektar maydon boʻlib, Olmazor, Navoiy, Ibn Sino, Muqumiy va Yangi hayot mahalla fuqarolar yigʻinlari bilan chegaradosh hisoblanadi. Tarkibida 9 ta koʻcha mavjud. Bu koʻchalar tuzilishiga koʻra;

  • 6 tasi toʻgʻri koʻchalar,
  • 1 ta tor koʻcha,
  • 1 ta tupik (berk) ko‘cha,
  • 1 ta shox ko‘cha

lardan tashkil topgan. Hamda hududda 25 ta savdo do‘konlari, 4 ta mahalla guzarlari, 2 ta maktabgacha taʼlim muassasalari, 1 ta maktab mavjud. Tarkibidagi koʻchalar nomi esa quyidagicha;

  1. Marg‘ilon yo‘li,
  2. Karmak-1,
  3. Karmak-2,
  4. Tolqator,
  5. Polosonobod,
  6. Mevazor,
  7. Domsa,
  8. O‘zbekiston,
  9. S.Sheroziy

koʻchalari hisoblanadi[2].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dastlab 1996-yil tashkil topgan boʻlib, soʻng mahalliy hokimiyat tomonidan rasmiy yig‘in balanisga 01.08.2012-yil 032 raqami bilan roʻyhatga olingan. Shuningdek, davlat xizmatlari markazi, soliq inspeksiyasi tomonidan 27.01.2014-yil guvohnoma berilgan. Tarkibidagi Karmak-1 koʻchasi dastlab, Alisher Navoiy nomidagi koʻcha boʻlgan va 2012-yil Karmak-1 koʻchasi nomiga oʻzgartirilgan. Mahalla fuqarolar yigʻinidagi koʻchalar mahaliy va davlat budjeti mablagʻlari hisobidan bir necha marta turli yillarda obodonlashtirilgan. Xususan bundan bir necha yil avval 2018-yil „Polosonobod“ ko‘chasi „Obod mahalla“ Davlat dasturiga kiritilib obodonlashtirilgan, 2018-yil „Karmak −2“ ko‘chasini asfalti qayta tamirlangan, „Domsa“ ko‘chasiga asfalt yotqizilgan, 2019-yil „Karmak-1“ ko‘chasiga toza ichimlik suvi va gaz tarmoqlari tortilgan, 2019-yil 28-sonli maktabgacha taʼlim muassasi qayta tamirlangan, 29-sonli maktabgacha taʼlim muassasasi esa qayta qurilib, yangidan ishga tushirilgan, 2020-yil „Karmak-1“, „Karmak-2“, „Tolqator“, „S.Sheroziy“ va „Domsa“ ko‘chalariga tungi chiroqlar o‘rnatilgan[3].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Oltiariq tumani hokimyatining rasmiy sayti“ (2022-yil 12-fevral). Qaraldi: 19-iyun 2022-yil.
  2. Eminjon Qulmatov. Oltiariq o‘tmishda va hozirda (O‘zbekcha). Chashma Print, 2012-yil — 314 bet. ISBN 978-9943-350-92-2. 
  3. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]