Kontent qismiga oʻtish

Doʻstmirat Abdullayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Doʻstmirat Abdullayev
Tavalludi 6-avgust 1950-yil (1950-08-06) (73 yosh)
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Taʼlimi Samarqand qishloq xoʻjaligi instituti
Kasbi Agronom
Dini Islom
Turmush oʻrtogʻi Jongul Abdullayeva
Mukofotlari Oʻzbekiston qahramoni

Doʻstmirat Abdullayev (1950-yil, 6-avgust; Samarqand viloyati, Paxtachi tumani) – Oʻzbekiston qahramoni[1], agronom.

Tarjimai holi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Doʻstmirat Abdullayev 1950-yilning 6-avgust kuni Samarqand viloyati Paxtachi tumanida tugʻilgan[2]. 1968-yilda Samarqand viloyatidagi qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash texnikumiga qabul qilingan. 1971-yilda texnikumni tamomlagach, harbiy xizmatga chaqiriladi. Harbiy xizmatdan qaytgach Paxtachi tumanidagi Roʻziqul Maxmanov jamoa xoʻjaligida mexanik, keyinchalik hudud agronomi boʻlib ishlagan. 1980-yillarning oʻrtalarida R.Maxmanov jamoa xoʻjaligida gʻallachilik brigadasi boshligʻi lavozimida ishlaydi. Bundan tashqari Samarqand qishloq xoʻjaligi institutining sirtqi boʻlimga oʻqishga qabul qilingan. D.Abdullayev 2000-yilda oʻzi faoliyat yuritayotgan jamoa xoʻjaligi raisligiga tayinlanadi. Bu vazifada 2008-yilga qadar mehnat qiladi. U 2008-yilda „Abdullayev Doʻstmirat Sultonovich“ fermer xoʻjaligini tashkil qiladi. Ushbu fermer xoʻjalik 70 gektar yerga egalik qiladi va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiradi.

Doʻstmirat Abdullayev oilali. Turmush oʻrtogʻi Jongul Abdullayeva. Ularning yetti farzandi bor.

  1. „Dehqon hayotning ustuni“. oz.sputniknews.uz (2017-yil 10-dekabr). Qaraldi: 30-iyun 2024-yil.
  2. Muhammad Ali, Rahmon Qoʻchqor 2021, s. 204.
  3. „Ўзбекистон Қаҳрамонлари кимлар?“. Qaraldi: 27-sentabr 2023-yil.
  4. Oʻzbekiston Qahramonlari. Toshkent, "Adabiyot" nashriyoti, 2022 — 46 bet. 

Muhammad Ali, Rahmon Qoʻchqor va boshqalar. Oʻzbekiston qahramonlari. Toshkent: Adabiyot, 2021 — 216 bet. 11-avgust 2023-yilda qaraldi.