Dmitriy Shokin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

1992 yil Toshkent shahrida tugʻilgan. Taekvondo boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi. Dmitriy Shokin 2014 yili Toshkent shahrida oʻtkazilgan Osiyo chempionatida oltin, Janubiy Koreyaning Incheon shahrida boʻlib oʻtgan XVII yozgi Osiyo oʻyinlarida kumush medal sovrindori boʻlgan. 2014 yili BAA, Avstraliya, Fransiya kabi qator davlatlarda oʻtkazilgan nufuzli xalqaro musobaqalar gʻolib va sovrindori. Tajribali sportchi 2015-yilda ham zafarli odimlashda davom etdi. Jumladan, Turkiya, Qatar, Avstraliya, Rossiya va Koreya davlatlarida boʻlib oʻtgan Gran-Pri turkumiga kiruvchi yirik xalqaro turnirlarda sovrinli oʻrinlarga sazovor boʻldi. Dmitriy 2015-yil Rossiyaning Chelyabinsk shahrida boʻlib oʻtgan Jahon chempionatida barcha raqiblari ustidan gʻalaba qozonib, jahon chempionidek sharafli nomga sazovor boʻldi. Dmitriy Shokin Oʻzbekistonlik taekvondo ustalari orasida birinchi boʻlib jahon chempionatining oltin medalini qoʻlga kiritdi. Dmitriy Shokin 2015 yilning avgust oyi natijalariga koʻra eng yuqori vazndagi sportchilar orasida jahon reytingida peshqadamlardan biri hisoblanadi.