Dmitriy Popovich

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Dumitru Popovici
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 5-avgust 1983-yil (1983-08-05) (40 yosh)
Tavallud joyi Sovet Ittifoqi
Boʻyi 1.91 m (6 ft 3 in)
Ampluasi Himoyachi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2001 Constructorul Chişinău 2 (0)
2002 Sheriff Tiraspol 2 (0)
2003—2007 Tiligul Tiraspol 71 (10)
2007 Al-Ittihad
2007—2008 Tiligul Tiraspol 24 (1)
2008 Dinamo Bender 13 (1)
2009—2013 Dacia Chişinău 99 (6)
2013—2014 Tiraspol 14 (1)
2014 Buxoro FK 11 (0)
2015—2016 Saxan Ceadîr-Lunga 11 (1)
Milliy terma jamoa
2001 Moldova U19 3 (0)
Moldova U21 1 (0)
2009— Moldova 1 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2015-yil 7-avgust uchun)

Dmitriy Anatolyevich Popovich (rumincha: Dumitru Popovici; 1983-yil 5-avgust, Rybnitsa, Moldova) — moldaviyalik futbolchi. Moldova terma jamoasida himoyachi va yarim himoyachi sifatida oʻynagan.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Professional faoliyatining boshida Popovich „Konstruktorul“ va „Sheriff“ jamoalarida oʻynagan. Sheriff safida 2001—2002-yilgi mavsumda atigi 2 ta oʻyinda maydonga tushgan boʻlsa-da, Moldova chempionati va kubogini qoʻlga kiritgan. 2003-yildan 2007-yilgacha „Tiligul-Tiras“ klubi bilan yuqori divizionda oʻynagan. Klub safida 100 ga yaqin oʻyin oʻtkazib, 7 ta gol urgan. 2007-yilda Suriyaning „Al-Ittihod“ jamoasida oʻynagan va Osiyo chempionlar ligasida 5 ta oʻyin oʻtkazgan. 2008-yilning kuzida „Dinamo“ jamoasida oʻynagan.

2009-yil boshida Kishinyovning Dacia klubiga oʻtdi. Bu klubda toʻrt yarim mavsum davomida mamlakat chempionatida 100 ga yaqin oʻyin oʻtkazdi. 2010—2011-yilgi mavsumda klub bilan Moldova chempioni, 2008—2009-, 2011—2012- va 2012—2013-yilgi mavsumlarda kumush medal sohibi boʻlgan.

2013-yilning yozida Tiraspolga oʻtdi. Klubda yarim mavsum oʻynadi. Keyin esa Cheadir-Lunganing „A“ divizioni vakili boʻlmish „Saksan“ jamoasida oʻynadi. Klub bilan turnir gʻolibiga aylandi. 2014-yilning kuzida „Buxoro“ safida O‘zbekiston oliy ligasida o‘ynadi. Klub ligada 14 jamoa orasida 12-o‘rinni egalladi.

Dmitriy oʻz vataniga qaytgach, u yana „Saksan“da oʻynadi, 2015—2016-yilgi mavsumda Bălți klubiga oʻtdi. Mavsum tugashidan oldin esa Saksan klubiga qaytdi.

Faoliyatining oxirida ikki mavsumni oliy divizion autsayderi „Dinamo-Avto“ safida o‘tkazgan, so‘ngra A divizionida „Spartaniy“ va „Iskra“ klublarida to‘p surgan.

Moldova oliy divizionida umumiy 290 dan ortiq oʻyin oʻtkazgan. Xvrokubok oʻyinlarida qatnashgan.

Moldova oʻsmirlar va yoshlar terma jamoalarida oʻynagan. Moldova terma jamoasida yagona oʻyinini 2009-yil 10-iyunda Belarusga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida oʻtkazgan[1][2] .

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Moldova chempioni: 2001—2002, 2010—2011
  • Moldova chempionatining kumush medali sovrindori: 2008—2009, 2011—2012, 2012—2013
  • Moldaviya kubogi sohibi: 2001—2002
  • Moldova kubogi finalchisi: 2008—2009, 2009—2010

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Akasi Aleksandr ham futbolchi, Moldaviya terma jamoasi hujumchisi[3].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]