Dmitriy Nalivkin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Dmitriy Vasilyevich Nalivkin [1889.13(25).8, Peterburg, - 1982.3.3, Sankt-Peterburg] — rus geologi va paleontologi, akademik (1946), Turkmaniston Fanlar akademiyasi faxriy aʼzosi (1951), Mehnat Qahramoni (1963). Ilmiy ishlari stratigrafiya, paleontologiya, paleozoy paleogeografiyasi, regional geol., Ural, Oʻrta Osiyo, Sharkiy Yevropa platformasi foydali qazilmalarini izlab topishga bagʻishlangan. N. — fatsiyalar haqidagi taʼlimotga asos soluvchilardan biri. Geologik haritalar tuzishda qatnashgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Ocherki geologii Turkestana, M.. 1926; Ucheniye o fatsiyax, 3 izd., t. 1—2, M.— L., 1955—56; Braxiopodi verxnego i srednego devona Turkestana, M. — L., 1930; Uragani, buri i smerchi, L., 1969.