Dmitriy Kozachenko
Dmitriy Anatoliyevich Kozachenko ( ukraincha: Дмитро Анатолійович Козаченко; 1982-yil 11-yanvar, Kiyev, SSSR ) - darvozabon ampulasida oʻynaydigan ukrainalik futbolchi. Xalqaro toifadagi sport ustasi (2001-yildan).
Futbolchilik faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kiyevning "Smena" futbol maktabi tarbiyalanuvchisi. Birinchi murabbiyi - Mixail Labuzov. Dmitriy faoliyatini maydon oʻyinchisi sifatida boshlagan, ammo oradan vaqt oʻtib darvozabonga aylangan.
Professional faoliyatini poytaxtning “Obolon” klubida boshlagan. Jamoadagi debyutini 1999-yil 17-oktyabrda “Axtyrskiy Neftyanik” ga qarshi o‘yinda (1:1) o‘tkazgan. Shundan so'ng u Poltavaning "Vorskla-2" va Brovariyaning "Nafkom" klublarida o'ynagan.
19 yoshida Dmitriy B seriyada oʻynagan Italiyaning "Siena" jamoasiga oʻtgan, ammo boshqa darvozabonlar bilan raqobatda omadi yurishmagan[1]. Keyin u "Nafkom" klubiga qaytgan.
2005-yilning qishida darvozabon Zorya Lugansk jamosiga koʻchib oʻtgan. Jamoa tarkibida 62 ta oʻyin oʻtkazgan. 2007-yil fevral oyida u Tavriya Simferopol jamoasiga koʻchib oʻtgan[2]. Dmitriy jamoada bor yoʻg'i 2 ta oʻyin oʻtkazgan va erkin agent sifatida Qozogʻistonning "Atirau" jamoasiga oʻtgan[3][4]. 2008-yilning dekabrida Dmitriy klubni tark etgan[5]. 2010-yilda Oʻzbeksiton oliy ligasi vakili Qarshining Nasaf klubi bilan shartnoma imzolagan. Tez orada u birinchi ligaga oʻtgan "Aleksandriya" klubi bilan shartnoma izmolagan. 2014-yil mart oyida darvozabon Kirovograd Zvezda jamoasiga koʻchib oʻtgan[6].
2015-yil bahorida darvozabon Magdalinovkaning "VPK-Agro" havaskorlar klubida oʻynay boshlagan[7].
2015-yilning yozida Dmitriy Energiya klubiga (Novaya Kaxovka) koʻchib oʻtgan.
Kozachenko penalti tepa oladigan kam sonli ukrainalik faol darvozabonlardan biri hisoblanadi[8].
Jamoadagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]2001-yilda u Pekindagi yozgi Universiadada talabalar jamoasi tarkibida ishtirok etgan va musobaqada Ukraina terma jamoasi kumush medallarni qoʻlga kiritgan. Universiada g‘olibi bo‘lgach Dmitriy, xalqaro sport ustasi unvoniga sazovor bo‘lgan[9].
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kozachenko oliy maʼlumotli, u Respublika oliy jismoniy tarbiya maktabini, Pereyaslav-Xmelnitskiy nomidagi pedagogika universitetini tamomlagan[10]. Oilali[11].
Yutuqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OFK kubogi 2011 g'olibi.
- 2001-yilda Pekindagi Universiadaning kumush medali sovrindori.
- 2011-yil O'zbekiston chempionati kumush medali sovrindori.
- 2010-yilgi O‘zbekiston chempionatining bronza medali sovrindori.
- 2011-yilgi O'zbekiston kubogi finalchisi [12] .
- 2006-yil Ukraina Birinchi ligasi g'olibi
- Ukraina Birinchi ligasining bronza medali sovrindori (2): 2002, 2005.
- Ikkinchi liga g'olibi (2): 1999-yil ("B" guruhi), 2001-yil ("B" guruhi).
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „На просмотре в «Таврии» экс-голкипер итальянской «Сиены»“. 2008-yil 20-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 17-noyabr.
- ↑ „«Таврия» подписала Кузнецова и Козаченко“. 2007-yil 19-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 17-noyabr.
- ↑ „Козаченко покинул «Таврию»“. 2008-yil 22-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 17-noyabr.
- ↑ „Экс-голкипер «Зари» и «Таврии» уехал в Казахстан“. 2008-yil 8-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 17-noyabr.
- ↑ „Пятый украинец покинул «Атырау»“. 2014-yil 25-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 17-noyabr.
- ↑ „Дмитро Козаченко та Ігор Чередніченко — гравці «Зірки»“. 2014-yil 25-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 25-mart.
- ↑ Рекордсмен чемпионата Украины дебютировал на аматорском уровне
- ↑ „«Пенальти пробил вратарь»“. 2018-yil 25-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 25-yanvar.
- ↑ „Футбольные легенды Украины. Часть ІІІ“. 2012-yil 19-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 11-noyabr.
- ↑ „Профиль на неофициальном сайте СК «Таврия»“. 2008-yil 20-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 17-noyabr.
- ↑ „Дмитрий Козаченко: «Настроен на серьёзную работу»“. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 17-noyabr.
- ↑ „Протокол финального матча на Кубок Узбекистана «Пахтакор» — «Насаф»“. 2018-yil 25-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 25-yanvar.