Dmitriy Batinkov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

 

Dmitriy Batinkov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Dmitriy Viktorovich Batinkov
Tavallud sanasi 7-sentyabr 1970-yil
Tavallud joyi Moskva, SSSR
Boʻyi 170 sm
Ampluasi Yarim himoyachi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1985—1987 Torpedo Moskva
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1988—1991 Dinamo-2 Moskva 69 (2)
1991 Dinamo 1 (0)
1992 Dinamo-D Moskva 23 (4)
1993—1994 Dinamo-Stavropol 31 (0)
1995 Shinnik 2 (0)
1995—1997 Navbahor 72 (13)
1998—2000 Avtomobilist (Noginsk) 94 (19)
2001—2003 Severstal 67 (13)
2002   Mika 2 (0)
2004 Vidnoe 12 (2)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Dmitriy Viktorovich Batinkov (1970-yil 7-may, Moskva, SSSR) — sovet va rus futbolchisi, yarim himoyachi pozitsiyasida toʻp surgan.

Futbolchilik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Moskva futbol maktabi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 1987-yilda u Moskvaning „Torpedo“ jamoasida yoshlar jamoalari musobaqalarida ishtirok etgan.

1988-yildan 1991-yilgacha Batinkov dastlab Moskvaning „Dinamo“ jamoasida keyinchalik esa „Dinamo-2“ farm jamoasida toʻp surgan. Batinkov „oq-koʻklar“ning asosiy tarkibida faqat bir marta oʻynadi: 1991-yil 24-iyulda SSSR chempionatida u Dushanbening „Pomir“ jamoasi bilan oʻyinning 66-daqiqasida Igor Kolivanovni oʻrniga maydongga tushdi[1].

1992-yil Rossiya chempionatida Dinamo Moskvaning farm jamoasi Dinamo-D jamoasi safida toʻp surdi. Keyingi mavsumdan Batinkov ikki yil davomida Rossiya Premyer-ligasida Stavropolning „Dinamo“ jamoasida, keyinchalik esa Birinchi ligada „Shinnik“ jamoasi tarkibida oʻynadi[2]. 1995-yilda O‘zbekiston Oliy ligasi jamoasi Namanganning „Navbahor“ jamoasiga o‘tdi. Namanganliklar safida 2 mavsum davomida toʻp surib, 1996-yilgi mavsumda Oʻzbekiston chempioni unvoniga ega boʻldi. Batinkov „Navbahor“ jamoasi safida 72 ta uchrashuvda 13 ta gol urdi va chempionlik mavsumida jamoaning eng muhim futbolchilaridan biriga aylandi.

3 yildan soʻng Oʻzbekistondan Rossiyaga qaytib keldi va ikkinchi liga klublari, „Noginsk avtomobilist“, „Severstal“, „Vidnoe“ va „Reutov“, shuningdek, Armanistonning „Mika“ jamoalarida toʻp surdi[3]. Professional faoliyatini yakunlaganidan soʻng, bir qator havaskor jamoalarda ham o‘ynadi.

Yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Динамо (Москва) - Памир (Душанбе) 0:0“ (ru). FC-Dynamo. 2014-yil 17-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 17-mart.
  2. Profil FootballFacts.ru saytida
  3. „MIKA“ V ChYeMPIONATAX ARMYeNII[sayt ishlamaydi]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]