Diyen sintezi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Diyen sintezi - qoʻshbogʻlari oralangan diyen uglevodorod (diyen) larning 1,4 uglerod atomiga toʻyinmagan birikmalar biriktirish reaksiyasi. D.s. natijasida boshlangʻich diyenning ik-kinchi va uchinchi uglerod atomlari oʻrtasida qoʻshbogʻ boʻlgan olti aʼzoli sikllar vujudga keladi. Diyen vazifasini geterotsiklik birikmalar, mas, furan bajarishi mumkin. D. s. 1928 y.da organik-kimyogarlar O. Dils va K. Alderlar tomonidan kashf etilgan. D. s. yordamida boshqa usullar bilan olinishi qiyin boʻlgan politsiklik birikmalar (mas, steroid lar, D vitamin), insektitsidlar va b. moddalar sintez qilinadi.

Adabiyot[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil