Divya Khosla Kumar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Divya Khosla Kumar
Divya Khosla Kumar.jpg
Tavalludi 20-noyabr 1987-yil (1987-11-20) (35 yosh)
Delhi, Hindiston
Fuqaroligi Hindiston
Kasbi Prodyuser, aktrisa
Faoliyat yillari 2000-hozirgacha
Turmush oʻrtogʻi
Bhushan Kumar (turm. 2005)
Bolalari 1 nafar

Divya Khosla Kumar (talaffuzi: Divya Xosla Kumar; 1987-yil 20-noyabrda tugʻilgan)[1][2] — hind filmlarida rol ijro etuvchi hind aktrisasi, prodyuseri va rejissyori.[3] Kumar turli reklamalarda va baʼzi kliplarda suratga tushgan. Aktrisa T-Series musiqiy leybli va kino ishlab chiqarish kompaniyasining raisi va boshqaruvchi direktori Bhushan Kumarga turmushga chiqqan.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Divya 18 yoshida modellik qilishni boshlagan va Mumbayga koʻchib oʻtgan, soʻng Bollywoodda dam olayotganda Bhushan Kumar bilan uchrashib qolgan.[4] U aktrisa sifatida oʻz faoliyatini 2004-yilda telugu tilida Love Today filmi bilan boshlagan. Shuningdek, u Falguni Pathak tomonidan kuylangan Aiyyo Rama pop qoʻshigʻi klipida ham paydo boʻlgan.[5] U oʻzining Bollywooddagi debyutini oʻsha yili Ab Tumhare Hawale Watan Saathiyo filmi bilan qilgan.[6] Keyin Divya aktrisalikdan uzoq tanaffus olib, rejissyorlikka eʼtibor qaratgan.

Kinematografiya va montaj kursini tugatgandan soʻng, Divya Agam Kumar Nigam, Jermeyn Jekson, Tulsi Kumar va bir nechta reklama filmlari uchun musiqiy videolarga boshchilik qilgan. 20 ta musiqiy videoga rejissorlik qilganidan soʻng, Divya 2014-yilda oʻzining birinchi rejissorlik tashabbusi Yaariyanni amalga oshirgan. Divya bir filmda Baarish, Maa, Love Me Thoda Aur, Allah Wariya va Zor Lagake kabi 5 ta qoʻshiqni xoreografiyalashtirgan. Uning ikkinchi rejissorlik loyihasi 2016-yil 12-fevralda chiqarilgan Sanam Re filmi edi.[7] Shuningdek Divya, Ranbir Kapoor rol ijro etgan 2015-yilda chiqarilgan Roy filmining produserlaridan biridir.

2021-yilda u 2021-yil 25-noyabrda chiqarilgan Satyameva Jayate 2 filmida John Abraham bilan birga rol ijro etgan.[8][9]

Filmografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aktrisa sifatida[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Film Rol Izohlar Havl.
2004 Love Today Parvatha Vardhini Debyut filmi; Telugu [10]
Ab Tumhare Hawale Watan Saathiyo Shweta Rajeev Singh [11]
2016 Sanam Re Maxsus koʻrinish Akkad Bakkad, HumnePee, RakkhiHain bilan birga [12]
2017 BulBul Bulbul Qisqa metrajli film [13][14][15]
2021 Satyameva Jayate 2 MLA Vidya Maurya Azad [16]

Rejissyor sifatida[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Film Izohlar Havl.
2014 Yaariyan Rejissyorlik debyuti [17]
2016 Sanam Re Rejissyor [18]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Satyameva Jayate 2: Divya Khosla Kumar is very dedicated towards her craft says director Milap Milan Zaveri“ (en). Pinkvilla (16-noyabr 2021-yil). Qaraldi: 19-noyabr 2021-yil.
  2. „Satyameva Jayate 2 director Milap Zaveri lavishes praise on film's lead actress Divya Khosla Kumar, says 'she is very passionate and dedicated towards her craft'“ (en). Peeping Moon. Qaraldi: 19-noyabr 2021-yil.
  3. „My husband is smart, strict producer: Divya Khosla Kumar“. The Times of India.
  4. „I came to Mumbai to achieve something and not to get married: Divya Khosla Kumar - Times of India“. The Times of India.
  5. Indian Express (17 December 2013). Retrieved 24 December 2015.
  6. „I enjoy direction more than acting: Divya Khosla - Indian Express“. archive.indianexpress.com. 21-fevral 2014-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 15-iyul 2020-yil.
  7. Kumar, Divya. „Divya Kumar to focus on new penchant“. The Times of India (8-aprel 2012-yil). Qaraldi: 20-dekabr 2013-yil.
  8. „John Abraham starrer Satyameva Jayate 2“. Bollywood Hungama (17-mart 2021-yil). Qaraldi: 30-noyabr 2021-yil.
  9. Mamta Raut. „Divya Khosla Kumar turns silver goddess, John Abraham keeps it casual at Bigg Boss 15 set“. Pinkvilla (20-noyabr 2021-yil). Qaraldi: 30-noyabr 2021-yil.
  10. „Have a look at the MULTI-talented and versatile Divya Khosla!“ (en-IN). in.news.yahoo.com. Qaraldi: 11-fevral 2021-yil.
  11. „World would be so dry without women: 'Yaariyan' director Divya Khosla Kumar“. The New Indian Express. Qaraldi: 11-fevral 2021-yil.
  12. „Divya Khosla Kumar does a hot dance in 'Sanam Re' - Times of India“ (en). The Times of India. Qaraldi: 11-fevral 2021-yil.
  13. „WATCH | Bulbul star Divya Khosla Kumar finds filmmaking 'very tough'“. The New Indian Express. 27-sentabr 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 27-sentabr 2019-yil.
  14. „Full Movie: Bulbul (Short Film) – Divya Khosla Kumar – Shiv Pandit – Elli AvrRam“. T-Series (6-dekabr 2017-yil). 27-sentabr 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 27-sentabr 2019-yil.
  15. „Actor-producer Divya Khosla Kumar learns Kathak for 'Bulbul'“ (en). Zee News (5-dekabr 2017-yil). Qaraldi: 11-fevral 2021-yil.
  16. „Divya Khosla Kumar celebrates her birthday on Satyameva Jayate 2 sets in Lucknow with John Abraham, see pics“ (en). Hindustan Times (20-noyabr 2020-yil). Qaraldi: 11-fevral 2021-yil.
  17. „Exclusive! Divya Khosla Kumar: It is not easy to be a filmmaker and it has nothing to do with my gender - Times of India“ (en). The Times of India. Qaraldi: 11-fevral 2021-yil.
  18. „I don't miss acting: Sanam Re director Divya Khosla Kumar“ (en). Hindustan Times (28-yanvar 2016-yil). Qaraldi: 11-fevral 2021-yil.