Kontent qismiga oʻtish

Walt Disney

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Disney (multiplikator)dan yoʻnaltirildi)
Walt Disney

Disney 1946-yilda
Tavalludi
Walter Elias Disney

5-dekabr 1901-yil
Vafoti 15-dekabr 1966-yil(1966-12-15)
(65 yoshda)
Burbank, Kaliforniya, AQSh
Fuqaroligi AQSH bayrogʻi AQSh
Kasbi
  • Animator
  • film produser
  • rejissor
Turmush oʻrtogʻi
Lillian Disney (turm. 1925)
Bolalari 2
Otasi Elias Disney
Onasi Flora Call Disney
Imzosi

Walt Disney (talaffuzi: Uolt Disney; tugʻilgan paytidagi ismi Walter Elias Disney (talaffuzi: Uolter Elayas Disney); 1901-yil 5-dekabr, Chikago — 1966-yil 15-dekabr, Burbank) — amerikalik kinorejissor-multiplikatori, rassom va produser. Produser sifatida 59 nominatsiyada Oscar mukofotiga nomzod qilib koʻrsatilib, ularning 22 tasida esa gʻolib boʻlgan[1]. Bundan tashqari, uch marotaba Oltin globus, bir marotaba Emmy mukofoti bilan taqdirlangan[2]. Disney 1919-yildan kino sohasida ishlagan. Qisqa metrajli „Steamboat Willie“ („Willie kemasi“) (1928) ovozli multfilmi bilan AQSh kinematografiyasida tovush va harakatni sinxronlashtirish usulini ishlab chiqqan. Disney birinchilardan boʻlib qahramonlari (oʻrdak Donald Duck, sichqon Mickey Mouse va boshqalar) boʻlgan qisqa metrajli filmlarni suratga oldi. 1933-yilda AQShda birinchi boʻlib uch rangli film yaratdi. Uning yirik filmlari: „Oppogʻoy va yetti gnom“, „Bambi“, „Uyqudagi malika“, „101 ta dalmatin“ va boshqa Disney folklor va etnografiyaga, hayvonlar va oʻsimliklar dunyosiga oid hujjatli filmlarning ham muallifi. Filmlari Oʻzbekistonda ham namoyish etilgan. Disneyning Anaheim shahrida ochgan „Disneyland“ (1955) bolalar bogʻi juda mashhur. Undagi qator texnik attraksionlar Disney filmlaridagi obrazlarni aks ettiradi.

  1. „Nominee Facts – Most Nominations and Awards“. Academy of Motion Picture Arts and Sciences. 2016-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 26-aprel.
  2. „Awards & Nominations: Walt Disney“. Academy of Television Arts & Sciences. 2016-yil 31-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 21-aprel.
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil