Klavdiya Yefremova
Klavdiya Grigoryevna Yefremova (1916.7.11, Perovsk, hozirgi Qiziloʻrda — 2000.12.7, Toshkent) — Oʻzbekiston xalq artisti (1959). Qirgʻizistonda xizmat koʻrsatgan artist (1943). 1936— 41 yillarda Kirgʻiziston yosh tomoshabinlar teatrida, 1941—43 yillarda Prjevalsk teatrida, 1943—47 va 1951—52 yillarda Frunze (hoz. Bishkek) drama teatrida, 1952—2000 yillar Oʻzbekiston akademik rus drama teatrida aktrisa. Lirik-dramatik rollar ijrochisi. Obrazlari taʼsirchan, sodda va samimiyligi bilan ajralib turadi. Eng yaxshi rollari: Marta ("Baliqchining oʻgʻli"), Lyusya, Tanya, Valya ("Sargardonlik yillari", "Tanya", "Irkutsk voqeasi"), Xolisxon ("Paranji sirlari"), Chjou Fan-i ("Tayfun"), Alina ("Qashshoq qalb egasi"), Kolsova ("Favqulodda elchi"), Eleyn Bendshal ("Qonli sarob"), Mariya ("Mariya"), Matitsa ("Uchovlon") va b.[1]
Manbalar[tahrir]
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |