Dipleurula

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Dipleurula (di... va yun. pleura — tomon, yon) — ninaterililar va ichak bilan nafas oluvchilarning ikki tomonlama simmetriyali pelagik lichinkasi. Tanasi oval, orqa tomoni boʻrtiq, qorin tomoni botib kirgan. Tanasining ogʻizoldi qismida kipriklari, egilgan boshlangʻich ichagi, ogʻiz va anal teshiklari boʻladi. Selomik xaltachalari 3 juft. Ninaterililar D. lichinkasi rivojlanib exinopluteus (dengiz tipratikanlarila), ofiopluteus (ofiuralarda) bipinnariya, soʻngra braxiolyariya (dengiz yulduzlaripa), aurikulyariya va deliolyariya (goloturiyalarda), bochkasimon lichinka (dengiz nilufarlaripya) yoki tornariyaga (ichak bilan nafas oluvchilarda) aylanadi (yana qarang Lichinka).

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil