Diniy tafakkur

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

O‘rta asrlardagi hindlarning dunyoqarashi, ma’naviyati ularning diniy e’tiqodlarida ham namoyon bo‘ldi. Hindistonda din alohida ahamiyat kasb etdi. Mamlakatda buddizm (buddaviylik) dinining mavqei ancha susayib, hinduizmning nufuzi ortdi.

Hindistonda juda ko‘p mazhab va yo‘nalishlar mavjud. Hinduizm aqidalariga binoan inson ruhi hamisha barhayot, u hech qachon o‘lmaydi. Lekin inson bu olamdan o‘tganidan so‘ng, uning ruhi boshqa odamning jismiga o‘tadi. Agar o‘lgan inson tiriklik chog‘ida yaxshi amallar va fazilatlarga ega bo‘lgan bo‘lsa, ke-yingi tug‘ilishida uning maqomi yuqori bo‘ladi va, aksincha, u odam hayotligi paytidagi xulq-atvorida salbiy tomonlar ustunlik qilgan, yomon va nopok ishlarga qo‘l urgan bo‘lsa, u qayta tug‘ilganda “xazar qilinganlar” holiga va hatto jirkanch hay von ko‘rinishiga tushib qolishi mumkin.

Hinduizmda sigir muqaddas jonzot hisoblanganligi sababli hindu lar unga sig‘inishadi. Barcha hindularda ayrim hayvonlarni qur bonlikka keltirish farz bo‘lgan. Aholining aksariyati xushbo‘y nar salarni va gullarni o‘z ma’budlari sharafiga xayr-ehson qilishgan. Hindularning barchasi imkon darajasida ehromlarga va braxmanlarga nazr-niyozlar keltirishgan, diniy rasm-rusumlarni ado etishgan. Ayniqsa, Vishnu va Shiva ma’ budlariga sig‘inish keng tus olgan.

VI–X asrlarda Hindistonning sohil bo‘ylarida, asosan port sha harlarida jaynizm dini o‘z kuchini saqlab qoldi va rivoj topdi. VII asrda Ayxolida jaynlarning ibodatxonasi qad ko‘tardi. O‘rta asrlarda jaynizmga mansub ko‘plab ibodatxonalar, haykallar bunyod qilindi.

Hind falsafasi diniy tasavvurlar bilan chambarchas bog‘ langan edi. Bu davrda falsafiy tafakkur mustaqil fan sifatida rivoj topdi. Hind falsafasining oltita klassik yo‘nali shi tizimi shakllandi. Bular – nyaya, vaysheshika, sankxyaya, yoga, mimansa va vedanta edilar. VII asr oxiri – IX asr boshlarida Shankara (788-820) tomonidan vujudga kelgan advanta-vedanta yo‘nalishi keng shuhrat qozondi. SHankara faqat faylasufgina bo‘lib qolmay, din islohotchisi ham edi. XI asrda yashagan olim Ramanuja vedanta qoidalarini xalq tushunadigan darajada soddalashtirdi va sayqal berdi. Uning dunyoqarashiga ko‘ra, xudo dunyoni modda, vaqt va jondan yaratgan. Olimning fikricha, modda kishi ongidan tashqarida va unga bog‘liq bo‘lmagan holda mavjud bo‘lgan ob’ektiv reallikdir. Ramanuja ta’limotcha, xudo dunyoni yaratganda odamlar taqdiriga loqayd bo‘lmagan, balki har bir insonning istiqbolini nazarda tutadi, har bir odamning nola va iltijolariga e’tibor beradi, lozim topsa ularning qismatini yaxshi tomonga o‘zgartiradi.

O‘rta asrlarda Hindistonda aniq fanlar ham rivoj topdi. SHu jumladan, matematik, astronomiya, tibbiyot ilmlarida katta kashfiyotlar qilindi. Shu bilan birga qishloq xo‘jaligi va qurilish sohalariga oid bilimlar yuksaldi.

Adabiyot.[tahrir | manbasini tahrirlash]

XVIII asrlarda Hindistonning ko‘plab o‘lka larida garchi shoirlarning aksariyati sanskrit tilida ijod qilgan bo‘lsada, mahalliy tillardi ham adabiyot ravnaq topdi. Jumladan, Bengaliya hukmdori Ramapala (1077–1199) saroyida yashagan Sandxyakara Nandinni “Ramacharita” dostoni sanskrit tilida yaratilgan. Shuningdek, bengal adibi Jayadeva tomonidan Krishna bilan Radxaning sevgisiga bag‘ishlangan “Gitagovinda” asari katta shuhrat qozondi.

XII–XIII asrlarda sanskrit tilida asosan nazm – she’riy adabiyot bilan birga nasriy asarlar ham vujudga keldi. Chunonchi Bonuning ikki sevishgan yoshning muhabbatini kuylovchi “Kadambari” asari va Dandinning “O‘nta shahzodalarning sarguzashtlari” asarlari hamda VII–VIII asrlarda Xaribxaridra tomonidan prakrit tilida yozilgan “Firibgarlar haqida qissa” shular jumlasidandir.

Shimoliy Hindistondagi mahalliy tillar orasida qahra monlar haqida “Nomalar” sirasiga kiradigan yangi janr paydo bo‘ldi. Masalan, Chanda Bardoining (1126–1196) hindi tilida yaratilgan “Pritxviraj Raso” (“Pritxviraj haqida ballada”) dostonida roja Pritxviraj Chauxanning istilochalarga qarshi kurashi madh etilgan.

Me’morchilik.[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mamlakatda san’at, me’morchilik va haykaltaroshlik rivoj topdi. VI–VIII asrlarda Ellora, Elefant, keyin chalik Ajant deb nom olgan ulkan g‘orlarda bahaybat eh romlar qurildi. Ularning ichki tomoni haykallar va naqshlar bilan bezatilgan. IX asrga kelib ehromlar yo‘nilgan toshlardan qurila boshlandi.

Shimoliy Hindistonda ehromlar parabola, uzunchoq va oval shakl da bunyod etilgan bo‘lsa, janubda to‘g‘ri burchakli piramida shaklida qurilgan. Ehrom devoriga “Maxabxarata”, “Ramayana” dos ton larining qahramonlari yoki ma’budlar rasmi chizilgan va o‘yma naqshlar solingan. Ayniqsa, Janubiy Hindistonda san’at ning bu turi ancha ravnaq topdi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

O'zbek tilida:

1.Бойназаров Ф. Қадимги дунё тарихи. Дарслик. 2004.

2. Лафасов М. Жаҳон тарихи (1918-2008). –Т., 2010.

3. Ғофуров А. Ҳиндистон. ФарДУ. 2009.

Rus tilida:

1.Васильев Н. История Востока. 1-2 том. М., 2004.

2. Вигасин А., Дандомаев М. История Древнего Востока. -М., 2001.

3. Новейшая история стран Азии и Африки. ХХ век. -М., 2000.

Hind tilida:

1/\. शैलेन्द्र सेंगर “प्राचीन भारत का इतिहास”, प्रकाशक:अटलांटिक पब्लिशेर्स ओर डिस्ट,२००५

रोमिला थापर “भारत का इतिहास” प्रकाशक:राजकमल प्रकाशन,२००८

2. विपिन चन्द्र “आधुनिक भारत का इतिहास” प्रकाशक:ओरिएंट ब्लेकस्वान,२००९   

3. द्दिजेन्द्र्नारायण झा ओर श्रीमाली “प्राचीन भारत का इतिहास”, प्रकाशक: हिंदी माध्यम कार्यन्वय निदेशालय दिल्ली विश्वविधालय,२०१५  

4. मानिक लाल गुप्त “मध्यकालीन भारत का इतिहास”, प्रकाशक: अटलांटिक पब्लिशेर्स ओर दिस्त्रिबुतोर्स पवत ल्टड ,२००२

Urdu tilida:

.6ڈاکٹر مبارک علی  "جدید تاریخ"،  فکشن ہاؤس ،لاہور ، ٢٠٠١

.7محمد علی چراغ  "تاریخ ِ پاکستان "  سنگ ِ میل ،  ٢٠١٢

.8  رماشنکرترپاٹھی  "قدیم ہندوستان کی تاریخ " ، قومی کونسل براۓ  فروغ  اردو زبان ، نئی دہلی ، ١٩٩٨   مترجم :سید سخی حسن نقوی

.9 شیخ محمد رفیق  مسعود حیدر بخاری ڈاکٹر  عصمت نانر  "تاریخ ِپاکستان و ہند "، مسلم دو حکومت ، عہد سلاطین ، نئی دہلی ٢٠٠٠

پاتھی "تاریخ ِ قدیم ہندوستان " نگارشت پبلش.10

11.ڈاکٹر مبارک علی  "تاریخ اور آج کی دنیا "، فکشن ہاؤس ،لاہور ٢٠٠٥

.12 ڈاکٹر مبارک علی  "بر صغیر میں تاریخ نویسی کے رجحانات "، پاکستان  اسٹڈی سینٹر جامعہ کراچی ٢٠٠٧

.13   محمد علی چراغ  "پاکستان : تاریخ ، جمہوریت ، سیاست "، مکتبہ جدید ٢٠١٠

.14مولانا ابو ا لکلام  آزاد  "آزادی ہند " ، مکتبہ جمال ،لاہور ٢٠٠٣

Ingliz tilida

1.Avari Burjor. Islamic Civilization in South Asia: A History of Muslim Power and Presence in the Indian Subcontinent, Routledge, 2013.

2. Faruqui Munis D. The Princes of the Mughal Empire (1504-1719), Cambridge University Press, 2012.

3. Gandhi M.K. Hind Swaraj or Indian Home Rule, Ahmedabad: Navajivan Publishing House, 2014.

4. Nazir Ahmad Chaudhry. Harappa. Sang-e-meel Publications, Lahore, 2002.

5. Hameed.  Political Role of Religious Communities in Pakistan. Policy Research Institute.  Islamabad, Pakistan, 2008.

6. Afzal Husain. The nobility imder Akbar and Jahangir. A study of Family Groups. -New Delhi, 1999

7. Ali K. A new history of Indo-Pakistan (up to 1526) Karachi, 1993.

8. Burton Stein. A history of India, -Wiley-blackwell, 2010

9. Hermann Kulke, Dietmar Rothermund. A history of India, -London and New York, 2002

10.Mahmood T. The Durand line: South Asias next trouble spot. Monterey.: Naval Postgraduate School, 2005.

11. Peter Lyon. Conflict between India and Pakistan, -Oxford, 2008

Davriy nashrlar:

Bajpai Sh. K. Untangling India and Pakistan // Foreign Affairs. 2003. - Vol. 82. -№ 3. - P. 112-128.

2. Burns R.N. America's Strategic Opportunity with India. The New U.S. India Partnership // Foreign Affairs. - 2007. - Vol. 86. - № 6. - P. 37-44.

3. Burns R.N. America's Strategic Opportunity with India. The New U.S. India Partnership // Foreign Affairs. - 2007. - Vol. 86. - № 6. - P. 37-44.

4. Kashmir Dispute: Background // The Ministry of Foreign Affairs of Pakistan. URL: http://www.mofa.gov.pk/Pages/Brief.htm