Shankara

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Shankara (taxminan 788, Malabara — 820) — hind ilohiyotchi faylasufi, hinduiylik islohchisi. Barcha oldingi ortodoksal (yaʼni, vedalarni eʼtirof etuvchi) tizimlarni umumlashtirgan, advaytavedanta taʼlimotini rivojlantirgan. "Upanishadlar", "Vedanta sutra", "Bxagavadgita"ga sharhlar yozgan.