Dildora Niyozova
Dildora Niyozova | |
---|---|
Fayl:Dildora Niyozova.jpg | |
Umumiy maʼlumot | |
Tavalludi |
14-sentyabr 1978-yil |
Fuqaroligi |
![]() ![]() |
Kasbi | qoʻshiqchi |
Turmush oʻrtogʻi | Latifjon Yunusov |
Taʼlimi | Respublika estrada-sirk kolleji |
Millati | oʻzbek |
Bolalari | 2 ta |
Janr | estrada |
Faoliyat yillari | 2000-yildan hozirga qadar |
Dildora Niyozova (1978-yil 14-sentabr, Toshkent, OʻzSSR, SSSR) — taniqli oʻzbek qoʻshiqchisi. „Ishonma“ nomli hazil qoʻshigʻi bilan xalq orasida tanilgan. Turli yillarda Xalqlar doʻstligi saroyida oʻzining 6 ta yakkaxon konsert dasturini taqdim etgan. 300 dan ortiq mualliflik qoʻshiqlari, 14 ta musiqiy albomi mavjud.
Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Dildora Niyozova 1978-yil 14-sentyabr kuni Toshkent shahrida tugʻilgan[1]. Baʼzi bir manbalarga koʻra, Dildora Niyozova Yulduz Usmonovaning ashaddiy muhlisi boʻlgan, bolaligidan uning qoʻshiqlarini xirgoyi qilib yurgan. Respublika estrada-sirk kollejida tahsil olgan. Sanʼatning estrada yoʻnalishidagi ijodini 2000-yilda boshlagan[2]. Turli yillarda Xalqlar doʻstligi saroyida oʻzining 6 ta yakkaxon konsert dasturini taqdim etgan. 300 dan ortiq mualliflik qoʻshiqlari, 14 ta musiqiy albomi mavjud[1].
Dildora Niyozovaning „Ishonma“ nomli hazil qoʻshigʻi unga omad keltiradi[3]. U shu qoʻshigʻi orqali keyinchalik xalqqa taniladi. Xonandaning aytishicha „Ishonma“ qoʻshigʻini Fargʻona vodiysidagi toʻylarning birida undan bir necha marotaba qayta kuylashini soʻrashadi. Shu toʻyda qoʻshiqning rekord natijasi qayd etilib, bitta qoʻshiq ketma-ket 15 marta ijro etiladi. „Ishonma“ni Dildora Niyozovadan avval xorazmlik erkak qoʻshiqchi ijro etgan[2].
Dildora Niyozova oʻzining mega xit taronalari muallifi[4] Ruslan Sharipov bilan duet qilgan. Ular birgalikda kuylagan „Chilla“ dueti xit boʻlgach, Ruslan Sharipov ijodni tark etgan[5].
Oilasi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Dildora Niyozova 2 farzandning onasi[1]: bir oʻgʻli va Muslima ismli qizi bor (2015-yil 9-oktyabrda tugʻilgan)[6][7]. Turmush oʻrtogʻi Latifjon Yunusov[8].
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ 1,0 1,1 1,2 „“Litsenziyamni topshirishga tayyor edim”. Dildora Niyozova oʻranganidan soʻng “Oʻzbekkonsert”da boʻlgan majlis haqida gapirib berdi (video)“. Daryo.uz (16-iyun 2021-yil). Qaraldi: 16-iyun 2022-yil.
- ↑ 2,0 2,1 „“Qizil olma”, “Esingdami seni?”, “Ishonma” va oʻzbek estradasidagi 20-30 yildan buyon “yashayotgan” boshqa qoʻshiqlar (video)“. Daryo.uz (3-yanvar 2022-yil). Qaraldi: 16-iyun 2022-yil.
- ↑ „Ra’no Yarashevadan Feruza Normatovagacha. Oʻzbek shou-biznesining hijobga kirgan vakillari (foto)“. Daryo.uz (15-oktyabr 2021-yil). Qaraldi: 16-iyun 2022-yil.
- ↑ „“Ruslan Sharipov darvesh odam edi”. Javohir Zokirov “Ruslan Sharipovni doʻstlari yoʻqlamay qoʻygan”, degan gaplarga izoh berdi“. Daryo.uz (12-iyun 2022-yil). Qaraldi: 17-iyun 2022-yil.
- ↑ „Xonanda Ruslan Sharipovning shov-shuvga sabab boʻlgan suratlari: Kim nima deydi?“. Kun.uz (9-iyun 2016-yil). Qaraldi: 17-iyun 2022-yil.
- ↑ „Dildora Niyozova qiz farzandli boʻldi (foto)“. Kun.uz (14-oktyabr 2015-yil). Qaraldi: 17-iyun 2022-yil.
- ↑ „2015-yilda farzand koʻrgan oʻzbek san'atkorlari reytingi e'lon qilindi“. Kun.uz (4-yanvar 2016-yil). Qaraldi: 17-iyun 2022-yil.
- ↑ „Sevgi yosh tanlamaydi: Oʻzbek shou-biznesidagi yoshi orasida katta farq boʻlgan mashhur juftliklar (foto)“. Daryo.uz (7-fevral 2022-yil). Qaraldi: 16-iyun 2022-yil.