Dilafro'z Choriyeva

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Dilafro'z Choriyeva
Tavallud sanasi: 12-aprel 1987-yil
Tavallud joyi:Dehqonobod tumani, Qashqadaryo viloyati
Kasb: Shoira,

Dilafroʻz Choriyeva — 1987 yilining 12-aprelida Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida tugʻilgan. Oʻzbekiston Milliy universiteti qoshidagi Oliy adabiyot kursini hamda Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutini tamomlagan[1] U 2007-yili Respublika yosh ijodkorlarining Zomin seminarida qatnashgan. Seminarda Oʻzbekiston Milliy universiteti qoshidagi Oliy adabiyot kursiga oʻqishga tavsiya etilgan. Dilafroʻz Choriyevaning „Qalbim surati“, „Sarhad bilmas sogʻinchlar“, „Oʻzimni izlab…“, „Baxt qoʻshigʻi“ nomli sheʼriy toʻplamlari nashr etilgan. Shuningdek, shoiraning sheʼrlari „Yoshlar kitobi“, „Oltin koʻprik“ singari bayozlarga kirgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Choriyeva, Dilafro'z. „Dilafro'z Choriyeva She'rlar“ (22-dekabr).