Diktator (film)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Diktator (film, 2012)dan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search
Diktator
ingl. The Dictator
Dictator 2012 poster.jpg
Chiqishli poster
Rejissor Larry Charles
Produser
Ssenariy muallifi
  • Sacha Baron Cohen
  • Alec Berg
  • David Mandel
  • Jeff Schaffer
Rollarda
Bastakor Erran Baron Cohen
Kinematografiya Lawrence Sher
Muharrir
  • Greg Hayden
  • Eric Kissack
Studiya Four By Two Films
Distributor Paramount Pictures
Premyera sanasi
  • 16-may, 2012-yil(2012-05-16)

[1]

Davomiyligi 83 minut[2]
Mamlakat
Til ingliz tilida
Mablagʻ $65 million[4]
Daromad $179.4 million[4]

Diktator (ingl. The Dictator) — Sacha Baron Cohen muallifligidagi komediya filmi.

Syujet

Afrikadagi Vadiya nomli mamlakatning mutloq hukmdori Admiral-general Hafiz Alouddin oʻz davlatida xohlagan ishini qiladi. Uning tashabbusi bilan Vadiyada yadroviy dastur qabul qilinib, uni Isroilga qarshi qo'llash haqida ko'rsatma beriladi. Nadal ismli yirik olim tomonidan yadro quroli yaratiladi, biroq bu qurol Alouddinga yoqmay, Nadal ishdan haydaladi. Alouddinning yadroviy dasturidan xavotir olgan AQSH ma'muriyatiga javob tariqasida Alouddin Nyu Yorkda BMTning majlisida chiqish qilishi va yadroviy dastur ahamiyatini tushuntirishi kerak bo'ladi. Nyu Yorkka kelgan zahotiyoq, Alouddin o'z amakisi va yordamchisi bo'lgan Tamirning odamlari tomonidan o'g'irlab ketiladi. Alouddin tasodifan tuzoqdan qochib qutuladi va ko'chalarda daydib yurib, katta televizordan xuddi o'ziga o'xshash, ammo oligofren odam qog'ozga yozib berilgan nutqni o'qib berayotganini ko'rib qoladi. Nutqda Vadiya xalqiga demokratik konstitutsiya orqali demokratiya berilishi, tabiiy resurslarning eksportga yo'naltirilishi e'lon qilinadi. Tamirning asl maqsadi davlatda "soyadagi hukmdor" bo'lib, barcha narsaga egalik qilishdan iborat. Ko'chada qolgan Alouddin Zoe ismli sotuvchi qizni va vadiyalik olim Nadalni uchratadi. Nadal va Alouddin birlashib, demokratik konstitutsiyaning qabul qilinishini to'xtatish rejasini tuzishadi. Reja muvafaqiyatli bajariladi. Alouddin konstitutsiyani yirtib tashlaydi va amakisini hibsga oldiradi, biroq Vadiya xalqiga demokratiya berishni va'da qiladi. Film oxirida Alouddin va Zoe nikohlanishadi. == Rollarda ==

Aktyor Rol
Sacha Baron Cohen Alouddin Alouddin
Anna Faris Zoe Zoe
Ben Kingsley Tamir Tamir
Jason Manzukas Nadal Nadal

Manbalar

  1. Kaufman, Amy (April 9, 2012). "The Dictator moves off Dark Shadows release date". Los Angeles Times. Archived from the original on May 7, 2012. https://web.archive.org/web/20120507000000/http://latimesblogs.latimes.com/movies/2012/04/dictator-dark-shadows-release-date.html. Qaraldi: April 10, 2012. 
  2. THE DICTATOR (15). British Board of Film Classification (May 4, 2012). March 13, 2015.
  3. Buchanan, Jason. The Dictator. AllRovi. April 10, 2012.
  4. 4,0 4,1 The Dictator. Box Office Mojo. August 1, 2012.