Diktator (film)
Diktator inglizcha: The Dictator | |
---|---|
![]() Chiqishli poster | |
Rejissor | Larry Charles |
Produser |
|
Ssenariynavis(lar) |
|
Rollarda | |
Bastakor | Erran Baron Cohen |
Kinematografiya | Lawrence Sher |
Muharrir |
|
Ishlab chiqaruvchi kompaniyalar |
Four By Two Films |
Distributor | Paramount Pictures |
Premyera |
|
Davomiyligi | 83 minut[2] |
Mamlakatlar | |
Til | ingliz tilida |
Budjet | $65 million[4] |
Daromad | $179.4 million[4] |
Diktator (inglizcha: The Dictator) — Sacha Baron Cohen muallifligidagi komediya filmi.
Sujet
Afrikadagi Vadiya nomli mamlakatning mutloq hukmdori Admiral-general Hafiz Alouddin oʻz davlatida xohlagan ishini qiladi. Uning tashabbusi bilan Vadiyada yadroviy dastur qabul qilinib, uni Isroilga qarshi qoʻllash haqida koʻrsatma beriladi. Nadal ismli yirik olim tomonidan yadro quroli yaratiladi, biroq bu qurol Alouddinga yoqmay, Nadal ishdan haydaladi. Alouddinning yadroviy dasturidan xavotir olgan AQSH maʼmuriyatiga javob tariqasida Alouddin Nyu Yorkda BMTning majlisida chiqish qilishi va yadroviy dastur ahamiyatini tushuntirishi kerak boʻladi. Nyu Yorkka kelgan zahotiyoq, Alouddin oʻz amakisi va yordamchisi boʻlgan Taʼmirning odamlari tomonidan oʻg'irlab ketiladi. Alouddin tasodifan tuzoqdan qochib qutuladi va koʻchalarda daydib yurib, katta televizordan xuddi oʻziga oʻxshash, ammo oligofren odam qogʻozga yozib berilgan nutqni oʻqib berayotganini koʻrib qoladi. Nutqda Vadiya xalqiga demokratik konstitutsiya orqali demokratiya berilishi, tabiiy resurslarning eksportga yoʻnaltirilishi eʼlon qilinadi. Taʼmirning asl maqsadi davlatda "soyadagi hukmdor" boʻlib, barcha narsaga egalik qilishdan iborat. Koʻchada qolgan Alouddin Zoe ismli sotuvchi qizni va vadiyalik olim Nadalni uchratadi. Nadal va Alouddin birlashib, demokratik konstitutsiyaning qabul qilinishini toʻxtatish rejasini tuzishadi. Reja muvafaqiyatli bajariladi. Alouddin konstitutsiyani yirtib tashlaydi va amakisini hibsga oldiradi, biroq Vadiya xalqiga demokratiya berishni vaʼda qiladi. Film oxirida Alouddin va Zoe nikohlanishadi. == Rollarda ==
Aktyor | Rol |
---|---|
Sacha Baron Cohen | Alouddin |
Anna Faris | Zoe |
Ben Kingsley | Tamir |
Jason Manzukas | Nadal |
Manbalar
- ↑ Kaufman, Amy. „The Dictator moves off Dark Shadows release date“, Los Angeles Times (9-aprel 2012-yil). 7-may 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 10-aprel 2012-yil.
- ↑ „THE DICTATOR (15)“ . British Board of Film Classification (4-may 2012-yil). Qaraldi: 13-mart 2015-yil.
- ↑ Buchanan, Jason „The Dictator“ . AllRovi. 5-fevral 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 10-aprel 2012-yil. Arxivlandi 2012-02-05 Wayback Machine saytida.
- ↑ 4,0 4,1 „The Dictator“ . Box Office Mojo. Qaraldi: 1-avgust 2012-yil.