Dielektrik antenna

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Dielektrik antenna - dielektrik sterjen va koaksial kabel (sirtiga metall sim qoplangan kabel) dan yasalgan antenna. Radiotoʻlqinlarni uzatishda sterjen oʻqi boʻylab elektromagnit toʻlqinlar tarqaladi. Sterjen sirtida fazalari yuguruvchi toʻlqin qonuni boʻyicha oʻzgaradigan elektr va magnit maydonlardan iborat tangensial tashkil etuvchilar vujudga keladi. D. a. koʻpincha uchish apparatlarining santimetrli va detsimetrli toʻlqinlarda ishlaydigan radioqurilmalarida qoʻllaniladi.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil