Diego Velázquez

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Diego Velázquez
Diegovelazquezselfportrait.jpg
Avtoportret. Diego Velázquez, 1643 atrofida. Uffizi gallereyasi, Florensiya, Italiya
Haqiqiy ismi Diego Rodríguez de Silva y Velázquez
Tavalludi 6-iyun, 1599-yil(1599-06-06)
Seville, Ispaniya
Vafoti 6-avgust, 1660-yil(1660-08-06)
(Expression error: Unrecognized punctuation character "{". yoshda)
Madrid, Ispaniya
Millati ispan
Sohasi Badiiy tasvir
Mashhur suratlari Las Meninas (1656),
La Venus del espejo (1644-1648)
La Rendición de Breda, (1634-1635)


Velaskes, Rodriges de Silva Velaskes (Rodrigues de Silva Velasquez) Diyego (1599.4 yoki 5.6, Sevilya — 1660.6.8, Madrid) — ispan rassomi, jahon realistik sanʼatining yirik namoyandasi. V. asarlari dadil, anik, kuzatishlari, yaratayotgan harakterini chuqur bilishi, uygʻunlikni oʻtkir his etishi, nozik va boy koloriti b-n ajralib turadi. Dastlab xalq maishiy hayotidan lavhalar yaratgan ("Nonushta", taxm. 1617; "Suv sotuvchi", taxm. 1620 va b.). 1623 y.dan Madridda saroy rassomi. Qirol toʻplamlari (koʻproq Titsian asarlari)ni oʻrganish hamda P. Rubens b-n uchrashuv V. mahoratini kamolga yetkazdi, dunyoqarashini chuqurlashtirdi. V. oʻz davri sanʼatida hukm surgan shartlilikni dadil buzib, mavjud hayotni boricha aks ettiruvchi keng umumlashma mazmunli asarlar yaratish yoʻllarini izladi. "Breda qalʼasining taslim boʻlishi" (1634) asari Yevropa sanʼatida tarixiy janrda yaratilgan muhim realistik asar boʻlib, unda insoniylik, gʻolib va magʻlublar oʻrtasidagi axloqiy munosabatlar xolisona yoritilgan.

V.ning portret ustasi sifatida shakllanishida saroy hayoti muhim rol oʻynadi, insonni chuqur oʻrganishga, gerdaygan va sovuq iltifot niqobi ostiga yashiringan qalb holatiga kirib borishga oʻrgatdi. Portretlar ("Gersog Olivares", "Infant Baltasar Karlos", 1634— 35), saroy ahli, doʻstlari, shogirdlarining bel va koʻkrak qismigacha tasvirlangan qiyofalarini yaratdi. "Venera oyna qarshisida" (1651) asarida yangicha kompozitsiya yechimini topgan. "Medichilar villasi" (1650—51) va b. asarlarida tabiatning yaxlit tasviriy obrazlarini yaratgan. Hayotining soʻnggi yillarida mashhur "Las Meninas" (1656), "Charxchilar" (1657) kabi asarlari dunyoga keldi.[1]

Diego Rodríguez de Silva y Velázquez (talaffuzi: Diego Rodriges de Silva i Velaskes; 6 iyun, 15996 avgust, 1660) ispan musavviri boʻlgan. U barokko davriga oid portretchi rassom edi. Qator tarixiy va madaniy sahnalarni chizish bilan birga, u ispan va boshqa Yevropa zodagonlarining portretlarini solardi.

VikiOmbor
VikiOmborda Diego Velázquez
haqida sahifa mavjud.

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil