Diadem

Diadem — tojning bir turi, xususan, qirollik nishoni sifatida monarxlar va ularning oila aʼzolari tomonidan taqiladigan bezakli bosh kiyimi.
Umumiy koʻrinish[tahrir | manbasini tahrirlash]
Diadem soʻzi yunoncha Dídiēma diadēma, „band“ yoki „fileta“,[1] díadéō diadéō „Men mahkamlayman“ soʻzlaridan olingan[2]. Bu atama dastlab boshga oʻraladigab naqshli oq ipak lentaga tegishli boʻlgan. Bunday lentalar antik davrda sport oʻyinlarida gʻolib boʻlgan sportchilarning boshiga kiydirish uchun ham ishlatilgan. Keyinchalik diadem soʻzi dumaloq yoki " fileta " shaklidagi metall tojga nisbatan qoʻllanilgan. Ushbu turdagi tojlarning eng qadimgi namunalaridan baʼzilari qadimgi Misrda, oddiy mato turidan tortib to murakkab metall turiga qadar uchraydi[3].
Diadem ayollar kiyadigan va peshonaga taqiladigan yarim toj shaklida ham boʻladi. Baʼzi jamiyatlarda bu bosh atrofida kiyiladigan gulchambar shaklida boʻlishi mumkin. Qadimgi fors qirollari baland va tik qirollik tiarasini kiyib yurishgan. Yunon xudolarining malikasi Geraning oltin toji ham diadem deb atalgan.
Xarappa madaniyatiga (taxminan miloddan avvalgi 3300 — mil. 1300 yillar) tegishli boʻlgan „Ruhoniy qirol“ haykalida ham diademni koʻrish mumkin[4][5].
Maʼlumotnomalarga koʻra, „diadem“ odatda shohlik kuchi yoki qadr-qimmatining timsoli uchun ishlatiladi. Diokletian davridan boshlab Rim imperatorlari tomonidan kiyilgan bosh kiyimi suratlarda diadem koʻrinishida tasvirlangan.
Galereya[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Crown of Sit-Hathor Yunet (Senusret II’s daughter).jpg
Malika Sit-Xathor Yunetning qabridan topilgan toj. 12-sulolasi Misr miloddan avvalgi 19-asr.
19-sulolaning diademali parik (Britaniya muzeyi)
Yunonistonning Mykena shahridan topilgan elliptik diadema (miloddan avvalgi 16-asr)
Baqtriyalik Diodot ellinistik shohlikning ramzi boʻlgan diadem.
- Greek — Greek Diadem — Walters 571541.jpg
Valters sanʼat muzeyi. Miloddan avvalgi 3-2-asrlar.
- Goldschmuck — Diadem.jpg
Oltin diadem. Iskandariya yoki Misrda tayyorlangan va Ptolemeylar sulolasi (miloddan avvalgi 220-100) zodagon ayoliga tegishli: qisqich Herakl tuguniga oʻxshaydi.
Parfiyalik Mitridat I ning Draxmasi , unga soqol qoʻygan va boshida qirollik diademasi tasvirlangan
- Greco-Roman — Womanʼs Head with Diadem — Walters 23241 — Right.jpg
Diadema kiygan ayolning yunon-rum byusti (miloddan avvalgi 100 — miloddan avvalgi 100 yillar)
- Austrian — Gothic-Style Bracelet — Walters 571999.jpg
Ikki bargli element qoʻshilgan diademdan qilingan bilaguzuk Uolters sanʼat muzeyi)
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ %3Aentry%3Ddia%2Fdhma διάδημα, Henry George Liddell, Robert Scott, A Greek-English Lexicon, on Perseus Digital Library
- ↑ %3Aentry%3Ddiade%2Fw διαδέω, Henry George Liddell, Robert Scott, A Greek-English Lexicon, on Perseus Digital Library
- ↑ Revello, Manuela, „The first aegean jewellery (4500-1800 B.C.): a new attempt at gold and silver diadems classification“, in Archaeometallurgy in Europe, International Conference Proceedings, Milan 24-25-26 September 2003, II, 657- 664
- ↑ „'Priest King,' Mohenjo-daro | Harappa“.
- ↑ „'Priest King' Forehead | Harappa“.