Dengizdan qatralar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Dengizdan qatralar
Muallif(lar) Erkin Siddiqov (tuzuvchi va nashrga tayyorlovchi)
Til oʻzbekcha
Janr(lar)i xalq ijodi
Nashriyot Yosh gvardiya nashriyoti
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 1976
Sahifalar soni 228

„Dengizdan qatralar“ — 1976-yil chop etilgan oʻzbekcha maqol, matal va hikmatli soʻzlar toʻplami. Toʻplamni Erkin Siddiqov tuzgan va nashrga tayyorlagan. Kitob Yosh gvardiya nashriyotida chop etilgan.

Kitobga oʻzbek xalqining kundalik turmushida ishlatilinadigan maqollar, matallar va hikmatli soʻzlar kiritilgan. Ushbu kitobning bunga qadar nashr qilingan kitoblardan farqi shundaki, toʻplovchi unga kiritilgan maqol, matal, hikmatli soʻzlarni iloji boricha takrorlamaslikka harakat qilgan. Toʻplamning eng muhim jihatlaridan yana biri, unda maqollar kitobiylashtirilmagan balki ogʻzaki nutqda qanday qoʻllanilsa shunday berilgan.

Asarni nashrga tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: filologiya fanlari kandidati Oxunjon Sobirov - bosh muharrir hamda kirish soʻz muallifi, E. Usmonov - nashriyot muharriri, P. Aliyev - rassom, Q. Aliyev - rasmlar muharriri, L. Jixarskaya - texnik muharrir, M. Toirov - musahhih. Kitob adadi – 60 000 nusxa.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]