Dengiz piyodalari kuni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Dengiz piyodalari kuni — Rossiya Federatsiyasi Qurolli Kuchlarining dengiz piyoda qoʻshinlari tarkibida xizmat qiladigan (oʻtayotgan) va ishlaydigan hamda harbiy xizmatga majbur boʻlgan barcha harbiy xizmatchilari va fuqarolari uchun kasb bayramidir.

Dengiz piyodalari kuni Rossiya harbiy-dengiz floti bosh qoʻmondonining 1995-yil 19-dekabrdagi 433-son buyrugʻi bilan tashkil etilgan[1].

Tarixi va bayram qilinishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Garchi Rossiya harbiy-dengiz piyoda qoʻshinlari tarixi XVIII asr boshlarida boshlangan va uch asrdan koʻproq tarixga ega boʻlsa-da, „Rossiya Federatsiyasi dengiz piyodalari kuni“ nisbatan yosh bayram hisoblanadi. Podshoh Pyotr Birinchi 1705-yil 16 (27-noyabr eski taqvimda)-noyabrda Rossiyada birinchi „dengiz askarlari polki“ni tashkil etish toʻgʻrisida farmon chiqardi[2].

Rossiya imperiyasi podshosining ushbu farmoni chiqarilgan kunini (Rossiya Federatsiyasi Harbiy-dengiz floti bosh qoʻmondoni, flot admirali Feliks Nikolaevich Gromovning 1996-yil 15-iyuldagi 253-son buyrugʻiga asosan) „Rossiya dengiz piyodalari kuni“ sifatida nishonlash belgilandi.[manba kerak]

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]