Kontent qismiga oʻtish

Demet Akalın

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Demet Akalın

Akalın 2011-yilda
Tavalludi 23-aprel 1972-yil (1972-04-23) (52 yosh)
Fuqaroligi Turkiya
Taʼlimi Gölcük Barbaros Hayrettin Lisesi
Kasbi
  • xonanda
  • model
  • teleboshlovchi
Turmush oʻrtogʻi
  • Oğuz Kayhan
    (turm. 2006; ajr. 2006)
  • Önder Bekensir
    (turm. 2010; ajr. 2010)
  • Okan Kurt
    (turm. 2012; ajr. 2018)
Bolalari 1 ta
Demet Akalın
Demet Akalın1.jpg
Umumiy maʼlumot
Tavalludi 23-aprel 1972
Fuqaroligi Turkiya
Janr pop musiqa
Veb-sayt http://www.demetakalin.com.tr

Demet Akalın (1972-yil 23-aprel) – turkiyalik xonanda va sobiq model. 2000-yilning oʻrtalaridan boshlab chiqargan mashhur qoʻshiqlari tufayli u turk pop musiqasining eng taniqli namoyondalaridan biriga aylangan.

Akalın Kocaeli viloyati Gölcük tumanida tugʻilgan boʻlib, dastlabki faoliyatini Neşe Erberk agentligida model sifatida boshlagan. 1990-yillarda bir qator kinofilm va televideniye seriallarida ham suratga tushgan. Modellik bilan bir vaqtda u kazinolarda qoʻshiq kuylashni boshlaydi va 1996-yilda Sebebim nomli birinchi studio albomini chiqardi. 2004-yilda „Banane“ albomi chiqarilishi bilan Akalın Turkiyada mashhurlikka erishdi. Albomning asosiy singli „Aşkın Açamadığı Kapı“ uchun u Yil qoʻshigʻi uchun Turkiya musiqiy mukofotiga sazovor boʻldi. Kusursuz 19 (2006) albomi uchun Mü-Yap tomonidan oltin sertifikatga sazovor boʻldi. Dans Et (2008) albomining muvaffaqiyatli chiqishi bilan esa u turk pop musiqasining nufuzli shaxslaridan biriga aylandi. Uning Pırlanta albomi 2015-yilda Turkiyada eng koʻp sotilgan albom boʻldi. Uning koʻplab qoʻshiqlari, shu jumladan „Afedersin“, „Mucize“, „Toz Pembe“ va „Hayalet“ Turkiyadagi birinchi raqamli xit qoʻshiqlar boʻlgan. Uning boshqa „Tecrübe“, „Çanta“, „Olacak Olacak“, „Sabıka“, „İlahi Adalet“ va „Ders Olsun“ kabi qoʻshiqlari esa Turkiya musiqiy chartlarida top 5 ta oʻrinni egallagan.

Musiqa tanqidchilari tomonidan oʻz uslubini yaratgan deb hisoblangan Akalın, koʻpincha, jurnallar muqovasida paydo boʻlib, koʻplab tabloidlarning mavzusiga aylangan. 2007-yildan 2018 -yilgacha u Hande Yener bilan janjallashgan edi, ularning bahslari esa vaqti-vaqti bilan tabloidlarda berib borilgan. 2006-yilda Oğuz Kayhan va 2010-yilda Önder Bekensir bilan turmush qurgan. Biroq ikkisi ham ajralish bilan yakunlangan. Shundan soʻng, 2012-yilda u Okan Kurt bilan turmush qurgan va ularning birinchi farzandi Hira 2014-yilda tugʻilgan. Ular 2018-yilda ajrashgan. Hozirgacha u ikki marta Oltin kapalak mukofoti, toʻrt marta Kral Turkiya musiqiy mukofotini qoʻlga kiritgan va boshqa yana koʻplab mukofotlar nomzodi boʻlgan.

Hayoti va faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1972-96-yillar: Yoshligi va faoliyatining boshlanishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Demet Akalın 1972-yil 23-aprelda Kocaeli viloyati Gölcük tumanida Ali va Şenay Akalin oilasida tugʻilgan[1]. Uning ota tomondan qarindoshlari lazlardan boʻlgan. Ona tomondan buvisi Iffet Hanim (1912-2011) kelib chiqishi tatar va bobosi kelib chiqishi bosniyalik boʻlgan[2][3]. Gölcükda boshlangʻich va oʻrta maktabni oʻqigan. Shundan soʻng esa Gölcük Barbaros Hayrettin litseyiga oʻqishga kirgan. Onasining yordami bilan u Yaşar Alptekin bilan modellik kurslarini oʻqigan. Keyinchalik u Neşe Erberk modellik agentligiga qoʻshilgan. Va shu bilan birga, u Günlerden Pazar (1992), Tele Anahtar (1994) va Sensiz Olmaz (1994) kabi bir qator film va teleseriallarni suratga tushgan. Akalın Ece Sükan bilan birga Hayatin Anlamı nomli telefilmida ham ishtirok etgan.

Demet Akalın 2016-2017-yillarda Mehmetçik jamgʻarmasiga tegishli ravishda 50 000 va 10 000 ₺ xayriya qilgan[4][5]. 2019-yilda u Cemil Topuzlu ochiq havo teatri konsertidan olingan daromadlarni ham xuddi shu xayriya tashkilotga ehson qildi[6]. 2019-yil dekabr oyida Akalın Hande Yener va prodyuser Polat Yağcı Turkiya prezidenti Recep Tayyip Erdoğan bilan uchrashdi. Uchrashuvda bolalar va ayollarga nisbatan zoʻravonlikni oldini olish boʻyicha mavzular muhokama qilingan[7].

  • Sebebim (1996)
  • Unuttum (2003)
  • Banana (2004)
  • Kusursuz 19 (2006)
  • Dans Et (2008)
  • Zirve (2010)
  • Giderli 16 (2012)
  • Rekor (2014)
  • Pırlanta (2015)
  • Rakipsiz (2016)
  • Ateş (2019)
Filmlar
  • Günlerden Pazar (1992)
  • Sensiz Olmaz (1994)
  • Tele Anahtar (1994)
  • Osman Pazarlama (2016)
Teleseriallar
  • Sibel (1998)
  • En İyi Arkadaşım(2006)

Televideniye dasturlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Hakam sifatida
  • Popstar 2013 (2013)
  • Bu Tarz Benim (2014) (qoʻshni sudya)
  • O'Oʻsib borayotgan yulduz Türkiye (2015)
Teleboshlovchi sifatida
  • Daha Ne Olsun (2007) (Alişan bilan birga namoyish etilgan)
  • Evlik Hayatı (2010) (Onder Bekensir bilan birga namoyish etilgan)
  • Demet ve Alişan ile Sabah Sabah (2020-2021) (Alisan bilan birga taqdim etilgan)
  • Gelinim Mutfakta (2021)
  1. „Anne Akalın pozlarıyla kızını aratmadı“. Sabah (2009-yil 23-aprel). Qaraldi: 2018-yil 12-sentyabr.
  2. „Benim anneannem Tatar, dede Boşnak, öbür taraf Laz“. Youtube.
  3. „BOŞANDIKTAN SONRA HAYATIM DEĞİŞMEDİ, KEYFİM YERİNDE“ (tr). Yeni Birlik Gazetesi.
  4. „Demet Akalın'dan Mehmetçik Vakfı'na 50 bin TL bağış“. Sabah (2015-yil 8-sentyabr). Qaraldi: 2017-yil 27-mart.
  5. „Demet Akalın, Mehmetçik Vakfı'na 10 bin TL yatırdığını duyurdu“. Posta (2017-yil 12-fevral). Qaraldi: 2017-yil 27-mart.
  6. „Demet Akalın, konser gelirini Mehmetçik Vakfı'na bağışladı“. Mynet (2019-yil 2-avgust). Qaraldi: 2019-yil 2-avgust.
  7. „Cumhurbaşkanı Erdoğan, sanatçı Hande Yener ve Demet Akalın'ı kabul etti“. Sözcü (2019-yil 29-dekabr). Qaraldi: 2020-yil 20-yanvar.