Dejan Kulusevski
2021-yil Kulusevski Juventus safida | |||
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Dejan Kulusevski[1] | ||
Tavallud sanasi | 25-aprel 2000-yil | ||
Tavallud joyi | Stokgolm, Shvetsiya | ||
Boʻyi | 1.86 m | ||
Ampluasi | Yarim himoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Tottenham Hotspur (ijara) | ||
Raqami | 21 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
2006-2016 | IF Brommapojkarna | ||
2016-2019 | Atalanta | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2019-2020 | Atalanta | 3 | (0) |
2019-2020 | Parma (ijara) | 17 | (4) |
2020- | Juventus | 55 | (5) |
2020 | Parma (ijara) | 19 | (6) |
2022- | Tottenham Hotspur (ijara) | 18 | (5) |
Milliy terma jamoa | |||
2015-2016 | Makedoniya U17 | 5 | (6) |
2015-2017 | Shvetsiya U17 | 19 | (6) |
2017-2018 | Shvetsiya U19 | 13 | (2) |
2019 | Shvetsiya U21 | 5 | (2) |
2019- | Shvetsiya | 25 | (2) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (22 may uchun) |
Dejan Kulusevski (2000-yil 25-aprelda tug‘ilgan) — shvetsiyalik professional futbolchi, Serie A ligasining „Yuventus“ klubidan Premier League klubi „Tottenham“ jamoasiga ijara asosida oʻtgan. Shvetsiya terma jamoasi va „Tottenham“da qanot yoki yarim himoyachi sifatida o‘ynaydi.
Klublardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]
Kulusevski Stokgolmda tugʻilgan va olti yoshida IF Brommapojkarna yoshlar akademiyasiga qoʻshilgan[2].
Atalanta[tahrir | manbasini tahrirlash]
U 2016-yil 7-iyulda Brommapojkarnadan Atalanta yoshlar jamoasiga qoʻshiladi[3]. U 2019-yilning 20-yanvarida A Seriyadagi debyutini „Frozinone“ga qarshi safarda oʻtkazdi[4][5]. U 2018-2019-yilgi mavsum davomida klub safida jami uchta oʻyinda maydonga tushdi[6].
Parma (ijara, 2019-2020-yil)[tahrir | manbasini tahrirlash]
2019-yilning 18-iyulida Kulusevski A Seriyaning „Parma“ klubiga 2020-yilning 30-iyuniga qadar ijaraga berildi[7]. U A Seriyadagi ilk golini 30-sentabr kuni „Torino“ga qarshi oʻyinda (3:2) urgan edi[8].
Juventus[tahrir | manbasini tahrirlash]
A Seriyaning 2019-2020-yilgi mavsumining birinchi qismida „Parma“da ijarada boʻlganida, u ligada 17 ta oʻyinda 4 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi[9].
Kulusevski A Seriyadagi boshqa bir klub „Yuventus“ bilan toʻrt yarim yillik shartnoma asosida 35 million yevro evaziga qoʻshildi, bu shartnomadagi boshqa oʻzgarishlarga qarab 44 million yevrogacha koʻtarilishi mumkin[10].
Kulusevski mavsumning qolgan qismida Parmaga ijaraga qaytarildi[11][12]. U mavsumni 10ta gol va 9ta golli uzatma bilan yakunladi va mavsumda A Seriyaning „Eng yaxshi yosh oʻyinchisi“ deb topildi[13].
Kulusevski 2020-yil 20-sentabrda „Yuventus“dagi debyutining „Sampdoriya“ga qarshi o‘yinida (3:0) gol urgan[14]. 2021-yilning 19-mayida u 2021-yilgi Italiya kubogi finalida „Atalanta“ ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozonib, Federico Chiesaning g‘alaba goliga assistentlik qildi[15]. Keyingi mavsumda Kulusevski Chempionlar ligasi doirasida Sankt-Peterburgning „Zenit“ klubiga qarshi oʻyinda 20-oktabr kuni 86-daqiqada boshi bilan gol urdi[16]. Massimiliano Allegri Kulusevskini maydonga tushirishni kamaytirdi, 20ta oʻyinda maydonga tushdi va ikkita gol urdi.
Tottenham (ijara)[tahrir | manbasini tahrirlash]
2022-yilning 31-yanvarida Kulusevski Premer liga vakili „Tottenham“ga 18 oyga ijaraga berildi. Shartnoma 10 million yevroga teng edi va sotib olish huquqini oʻz ichiga olgan boʻlib, u 35 million yevro miqdorida edi[17]. U oʻzining „shporlar“ safidagi ilk uchrashuvini 5-fevral kuni Angliya kubogi doirasida „Brighton & Hove Albion“ga qarshi oʻyinda oʻtkazdi[18].
Terma jamoadagi faoliyat[tahrir | manbasini tahrirlash]
Kulusevski barcha yoshdagi Shvetsiya yoshlar terma jamoalarida[19][20], hamda Makedoniyaning 17 yoshgacha bo‘lgan terma jamoasida o‘ynagan[21]. U Shvetsiya terma jamoasiga ilk bor 2019-yilning noyabr oyida Ruminiya va Farer orollariga qarshi UEFA Yevro-2020 saralash oʻyinlarida jalb etilgan edi[22].
Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yuventus
- Italiya kubogi: 2020-21
- Italiya Superkubogi: 2020
Shaxsiy sovrinlar
- A Seriyaning „Eng yaxshi yosh futbolchisi“: 2019-20[23]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ „Updated squad lists for 2021/22 Premier League“. Premier League (4-fevral 2022-yil). Qaraldi: 6-fevral 2022-yil.
- ↑ „Primavera: alla scoperta di... Dejan Kulusevski“ (it). atalanta.it (11-oktabr 2017-yil). 21-yanvar 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi.
- ↑ „Från BP till Juventus – Kulusevskis resa“ (sv). Sydsvenskan. Qaraldi: 9-sentabr 2020-yil.
- ↑ „Frosinone 0–5 Atalanta“. ESPN FC (20-yanvar 2019-yil). Qaraldi: 2-yanvar 2020-yil.
- ↑ „Who is new Juventus signing Dejan Kulusevski?“. UEFA.com (2-yanvar 2020-yil). Qaraldi: 2-yanvar 2020-yil.
- ↑ Romano, Fabrizio. „Juventus agree deal to sign 19-year-old midfielder Dejan Kulusevski for £30m“. The Guardian (31-dekabr 2019-yil). Qaraldi: 2-yanvar 2020-yil.
- ↑ „UFFICIALE: Parma, presi Cornelius e Kulusevski dall'Atalanta“. Qaraldi: 18-iyul 2019-yil.
- ↑ „Ny succé för Dejan Kulusevski – första målet i Serie A“ (sv). Aftonbladet. Qaraldi: 1-oktabr 2019-yil.
- ↑ „Officiellt: Dejan Kulusevski klar för Juventus“ (sv). Aftonbladet. Qaraldi: 4-sentabr 2020-yil.
- ↑ „Officiellt: Dejan Kulusevski klar för Juventus“ (sv). Aftonbladet. Qaraldi: 4-sentabr 2020-yil.
- ↑ „Dejan Kulusevski alla Juventus“ (it). Atalanta (2-yanvar 2020-yil). Qaraldi: 30-iyun 2020-yil.
- ↑ „Dejan Kulusevski è un giocatore della Juventus!“ (it). Juventus.com (2-yanvar 2020-yil). Qaraldi: 2-yanvar 2020-yil.
- ↑ „The MVPs of the 2019/2020 Serie A Season“. Serie A (4-avgust 2020-yil). Qaraldi: 4-avgust 2020-yil.
- ↑ „Juve-Sampdoria: gol di Kulusevski al primo tiro in porta all'esordio“ (it-IT). La Gazzetta dello Sport. Qaraldi: 20-sentabr 2020-yil.
- ↑ „Coppa: Juventus end Atalanta dream“. Football Italia (19-may 2021-yil). Qaraldi: 19-may 2021-yil.
- ↑ Sport, Sky „Zenit-Juventus LIVE“ (it). sport.sky.it. Qaraldi: 27-fevral 2022-yil.
- ↑ „Grazie Dejan e buona fortuna! - Juventus“ (it). Juventus.com (31-yanvar 2022-yil). Qaraldi: 31-yanvar 2022-yil.
- ↑ Speck, Ivan. „Space invader Dejan Kulusevski ups the ante at Tottenham with a sureness of touch“. The Daily Telegraph.
- ↑ Football Scouting“ (it-IT). Football Scouting | Campionato Primavera | Calcio Giovanile (17-noyabr 2018-yil). Qaraldi: 20-yanvar 2019-yil.
- ↑ „Kulusevski trascina l'Atalanta: soffiato all'Arsenal, studia da nuovo-Cristante“ (it). Calciomercato.com | Tutte le news sul calcio in tempo reale. Qaraldi: 20-yanvar 2019-yil.
- ↑ „UFFICIALE: Atalanta, tesserata la stellina Kulusevski - TUTTOmercatoWEB.com“ (it). www.tuttomercatoweb.com. Qaraldi: 20-yanvar 2019-yil.
- ↑ „Dejan Kulusevski uttagen i landslaget efter jättesuccén“ (sv). www.expressen.se. Qaraldi: 6-noyabr 2019-yil.
- ↑ „The MVPs of the 2019/2020 Serie A Season“. Serie A (4-avgust 2020-yil). Qaraldi: 4-avgust 2020-yil.
Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Dejan Kulusevski National-Football-Teams.comda