Debyussi Klod Ashil

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

DEBYUSSI (Debussy) Klod Ashil (1862.22.8, Sen-Jermen-an-Le, Parij yaqinida — 1918.25.3, Parij) — fransuz kompozitori, pianinochi, dirijyor. Musiqiy impressionizm asoschisi. Parij konservatoriyasida taʼlim olib (1872—84) yurgan paytlarida Rim mukofotiga sazovor boʻlgan. 1885—86 y.lari Rimda, 1887 y.dan Parijda yashagan. Pianinochi va dirijyor sifatida bir nechta mamlakatlarda konsert bergan. Impressionizm va Sharq musiqasi taʼsirida shakllangan uslubi musiqiy-tasviriy vositalarning yorqinligi va nafisligi, garmoniya va cholgʻulashtirish usullari yangiligi, kuylari nozik va goʻzalligi bilan ajralib turadi. "Pelleas va Melizanda" (M. Me-terlink dramasi asosida, 1902) operasi, "Oʻyinlar" (1912), "Kamma" (1912), "Oʻyinchoqlar qutisi" (1913) baletlari, simfonik orkestr uchun "Favnning tushdan keyingi dam olishiga prelyudiya" (S. Mallarme asari asosida, 1894), "Noktyurnlar" turkumi (1899), "Dengiz" (1905), "Iberiya" syuitasi (1908), kantatalar, 50 dan ziyod romanslar, qator cholgʻu (shu jumladan, fortepiano uchun mukammmal turkum) asarlar muallifi.

Adabiyot[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil