DeWalt

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
DeWalt
DeWalt Logo.svg
Turi Shoʻʼba korxona
Tarmogʻi Ishlab chiqarish
Status Ishlamoqda
Qachon asos solingan 1924 (97 yil avval) (1924)[1]
Joylashuvi Towson, Marilend, AQSh
Asoschi(lari) Raymond E. DeWalt
Direktori John F. Lundgren
(raisi va bosh direktori)
Mahsulot(lar)i Elektr asboblari, jihozlari, moslamalari
Shoʻba korxonalari Stanley Black & Decker
Vebsayti www.dewalt.com

DeWalt — butun dunyo boʻylab qurilish, ishlab chiqarish va yogʻochni qayta ishlash sanoati uchun asboblar va qoʻl asboblari ishlab chiqaruvchi Amerika brendi. DeWalt — Black & Decker Inc.ning (AQSh) savdo nomi hisoblanadi. Turlari, modellari, bozor xususiyatlariga qarab mahsulot ishlab chiqarish AQSh, Kanada, Meksika, Braziliya, Xitoy, Germaniya, Buyuk Britaniya, Italiya, Chexiya kabi turli fabrikalarda amalga oshiriladi. Bosh ofisi — Baltimor yaqinidagi Tovson shahrida (Merilend, AQSh) joylashgan.

Xitoy doʻkonlarining biridagi DeWalt mahsulotlari

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dastlab kompaniya 1923-yilda radial qoʻl arra ixtirochisi Raymond E. DeWalt tomonidan tashkil etilgan. Kompaniya tez rivojlanib, 1947-yilda „DeWalt Inc.“ sifatida qayta tashkil qilinadi. 1949-yilda kompaniyani „American Machine & Foundry Co, Inc.“ sotib oladi, va uni 1960-yilda „Black & Decker“ kompaniyasiga sotadi. 1989-yilda „Black & Decker“ radial qoʻlarra ishlab chiqarish filialinini ikki rahbariga sotib bu yoʻnalishdan voz kechadi.

1992-yilda „Black & Decker“ DeWalt uchun oʻzining professional va yuqori sifatli elektr asboblari ishlab chiqarish maqsadida katta rebrending ishlarini boshlaydi. 1994-yilda DeWalt Germaniyaning yogʻochga ishlov beradigan elektr asboblari ishlab chiqaruvchisi „ELU“ni kompaniyasini sotib oldi. DeWalt „ELU“ kompaniyasi texnologiyalaridan foydalangan holda oʻzining mahsulotlar qatorini kengaytirdi. 2001-yildan beri DeWalt 200 dan ortiq turli xildagi qoʻl asboblari va 800 ta aksessuarlarni ishlab chiqaradi va sotadi.

Gallereya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „DeWalt tarixi“. DeWalt. Qaraldi: 3-iyun 2019.

Shuningdek qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]