David Hovorka

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
David Hovorka
Hovorka (chapda), 2016-yil
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 7-avgust 1993-yil (1993-08-07) (30 yosh)
Tavallud joyi Kladno, Chexiya
Boʻyi 1.79 m (5 ft 10 12 in)
Ampluasi Himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Slavia Prague
Raqami 2
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Kladno
2002-2012 Sparta Prague
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2012—2015 Sparta Prague 0 (0)
2014Hradec Králové (ijara) 7 (0)
2014—2015Viktoria Žižkov (ijara) 29 (0)
2015—2017 Slovan Liberec 36 (3)
2017—2019 Sparta Prague 19 (1)
2018—2019Jablonec (ijara) 15 (1)
2019 Jablonec 14 (0)
2019— Slavia Prague 24 (0)
Milliy terma jamoa
2020— Chexiya 1 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 22-iyul uchun)

David Hovorka (talaffuzi: Devid Xovorka; 1993-yil 7-avgustda tugʻilgan) — Chexiyalik professional futbolchi, Fortuna Ligasining „Slavia Prague“ klubi yarim himoyachisi.

Klublardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hovorka 2002-yilda 9 yoshida SK Krochelavidan Sparta Praguega oʻtgan va yoshligining koʻp qismini shu klubda oʻtkazgan[1].

Sparta Prague[tahrir | manbasini tahrirlash]

2012-yilda asosiy jamoa tarkibiga kirgan, ammo klub uchun ligada oʻynay olmagan.

Hradec Královéga ijara[tahrir | manbasini tahrirlash]

2014-yil yanvar oyida Chexiya milliy futbol ligasi jamoasi Hradec Královéga sotib olish opsiyasi bilan ijaraga oʻtdi[2]. Professional ligadagi debyutini 2013-yilning 21-martida SK Dynamo České Budějovicega qarshi safarda (1:1) oʻtkazdi[3]. Atigi yettita liga oʻyinida maydonga tushdi va mavsum oxirida Spartaga qaytdi.

Viktoriya Jijkovga ijara[tahrir | manbasini tahrirlash]

2014—2015-yilgi mavsumda ikkinchi toifadagi boshqa klub Viktoria Žižkovga bir yilga ijaraga oʻtdi. Liganing 29 uchrashuvida maydonga tushib, birorta ham gol urolmagan.

Liberec[tahrir | manbasini tahrirlash]

2015-yilning yozida Chexiya birinchi ligasi vakili Liberec bilan uch yillik shartnoma imzoladi[4]. Birinchi ligada debyutini 27-iyul kuni oʻz uyida „Mladá Boleslav“ga qarshi oʻyinda (4:2) oʻtkazdi[5]. Professional ligadagi debyut golini 2016-yil 11-may kuni Trinity Zlínga qarshi oʻyinda (4:3) urgan[6]. Liberec bilan ketma-ket ikki yil Yevropa Ligasi guruh bosqichida o‘ynadi.

Sparta Praguega qaytish[tahrir | manbasini tahrirlash]

2017-yilning 2-fevralida Hovorka oʻsha paytda jiddiy jarohat olganiga qaramay, sobiq jamoasi Sparta Praguega oʻtgani maʼlum boʻldi[7].

Jablonecga ijara[tahrir | manbasini tahrirlash]

2018—2019-yillarda FK Jablonecda bir yil ijarada oʻynadi[8].

Slavia Prague[tahrir | manbasini tahrirlash]

2019-yilning yozida Slavia Praguega oʻtdi va Chempionlar ligasi doirasida Interga qarshi oʻyinda asosiy tarkibda maydonga tushdi.

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hovorka birorta yoshlar terma jamoasida o‘ynamagan boʻlsa-da, 2017-yil avgust oyida jahon chempionati saralashida Germaniya va Shimoliy Irlandiyaga qarshi o‘yin uchun Chexiya terma jamoasiga chaqirildi[9]. Chexiya terma jamoasi safidagi debyutini 2020-yilning 7-oktabr kuni Kiprga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida o‘tkazdi[10].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]

18-iyun, 2022-yil
Klub Mavsum Liga Kubok Qitʼa Boshqa Jami
Diviziya Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar
Hradec Králové (ijara) 2013—2014 Chexiya milliy futbol ligasi 7 0 0 0 7 0
Viktoria Žižkov (ijara) 2014—2015 Chexiya milliy futbol ligasi 29 0 4 0 33 0
Slovan Liberec 2015—2016 Chexiya birinchi ligasi 25 2 5 0 8 0 38 2
2016—2017 11 1 0 0 8 0 19 1
Jami 36 3 5 0 16 0 57 3
Sparta Prague 2016—2017 Chexiya birinchi ligasi 0 0 0 0 0 0
2017—2018 19 1 1 0 0 0 20 1
Jami 19 1 0 0 0 0 20 1
Jablonec (ijara) 2018—2019 Chexiya birinchi ligasi 15 1 2 0 6 1 23 2
Jablonec 2018—2019 Chexiya birinchi ligasi 14 0 14 0
Slavia Prague 2019—2020 Chexiya birinchi ligasi 9 0 0 0 5 0 1 0 15 0
2020—2021 8 0 1 1 4 0 13 1
2021—2022 7 0 7 0
Jami 24 0 1 1 9 0 1 0 35 1
Jami faoliyati 144 5 13 1 31 1 1 0 189 7

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

SK Slavia Prague

  • Chexiya Birinchi ligasi: 2019—2020

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Gól hýžděmi? Šťastný střelec Hovorka chápe, že se na něj všichni ptají, iDNES.cz, citováno 29. 1. 2014
  2. „- Do Hradce přichází Hovorka. Kulič a Rolko mají nové smlouvy | FotbalPortal.cz“. www.fotbalportal.cz. Qaraldi: 2017-yil 2-fevral.
  3. „EuroFotbal - specialista na evropský fotbal“. www.eurofotbal.cz. Qaraldi: 2017-yil 2-fevral.
  4. Váňa. „FC Slovan Liberec | David Hovorka a Jan Sýkora přestupují do Slovanu“ (cs). www.fcslovanliberec.cz. Qaraldi: 2017-yil 2-fevral.
  5. „Slovan Liberec - FK Mladá Boleslav 4:2“. EuroFotbal.cz. Qaraldi: 2017-yil 2-fevral.
  6. „Slovan Liberec - Fastav Zlín 4:3“. EuroFotbal.cz. Qaraldi: 2017-yil 2-fevral.
  7. „Sparta si bere z Liberce stopera Hovorku, využila předkupní právo“. iDNES.cz (2017-yil 2-fevral). Qaraldi: 2017-yil 2-fevral.
  8. „Hotovo! David Hovorka zůstává v Jablonci!“. fkjablonec.cz (2018-yil 19-iyul). Qaraldi: 2018-yil 19-sentyabr.
  9. „Jarolím doplnil tým na Němce a Iry. Bere Lüftnera a Hovorku, vrací se Hušbauer - iSport.cz“. iSport.cz. Qaraldi: 2017-yil 28-avgust.
  10. „Cyprus v Czech Republic game report“. ESPN (2020-yil 7-oktyabr).