Darnitsa konslageri

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Darnitsa konslageri — 1941-yilda fashistlar Germaniyasi ishgʻolchilari tomonidan Kievning Darnitsa viloyatida yaratilgan sovet harbiy asirlari uchun konslager.

Kiev operatsiyasi paytida qurshab olingan yuz minglab harbiy asirlar lagerga olib kelingan. Minglab charchagan mahbuslar konsenratsion lagerga ketayotganda halok boʻldi yoki otib tashlandi. Lagerni tezkor tashkil etish uchun nemislar baland qaragʻaylarni tikanli sim bilan qoplagan Darnitsa oʻrmonidan foydalanganlar. Mahbuslarga besh kun davomida ovqat berilmagan, suv ham berilmagan. Odamlar oʻt yeyishgan, yomgʻir suvini ichishgan, bu dizenteriya va ommaviy oʻlimga olib kelgan. Sentyabr oyining oxirida, Darnitsa lagerining qismlaridan birida charchagan va umidsiz mahbuslar ommaviy qochib ketishdi. Oʻn olti ming harbiy asirdan faqat toʻrt ming nafari qochishga muvaffaq boʻldi, qolganlari otib tashlandi. left|thumb|267x267px| Darnitsa konslageridagi shahidlar uchun yodgorlik 1941-yil sentyabr oyidan boshlab lager rasmiy ravishda „Kiyev-ost“, 1942-yil yanvardan — Stalag 339 Kiyev-Darniza deb nomlangan. Lager taxminan 1,5×1 km maydonni egallagan. Hudud 3,5–4 m balandlikdagi tikanli sim bilan oʻralgan va turli sektor va boʻlimlarga boʻlingan. Burchaklarda pulemyotli minoralar turardi. Xavfsizlikni itlar bilan maxsus tanlangan qoʻriqchilar amalga oshirdi. Kichkinagina qoidabuzarlik yoki norozilik bildirish uchun mahbuslar otib tashlandi, itoatsizligi uchun etiklar bilan kaltaklashdi, itlarga talatilardi. 1942-yil bahorida fashistlar uch mingga yaqin harbiy asirlar boʻlgan bir nechta kazarmalarni yoqib yuborishgan.

1943-yil iyun oyida konslager asirlari Berdichevga koʻchirildi. Nihoyat, 1943-yil sentabrida, Qizil Armiya Kiyevni ozod qilishdan ikki oy oldin lager oʻz faoliyatini toʻxtatdi. Darnitsa konslagerida tekshiruv o‘tkazgan rasmiy davlat komissiyasiga ko‘ra, unda halok bo‘lganlarning umumiy soni 68 mingga yaqin kishini tashkil qilgan. Lagerda jami 300 mingga yaqin odam oʻtirgan.

1968-yilda sobiq konslager oʻrnida Sovet fuqarolari, Qizil Armiya askarlari va ofitserlari xotirasiga yodgorlik majmuasi qurildi. Uning mualliflari Valentin Znoba va Aleksandr Malinovskiy edi. Darnitsa konslagerida halok boʻlganlar uchun yodgorliklar Stansiya maydonida va Xarkov shossesi Simferopolskaya koʻchasi bilan kesishgan maydonda oʻrnatildi.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]