Daler Nazarov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Daler Nazarov
Umumiy maʼlumot
Tavalludi 8-sentyabr 1959
Fuqaroligi Tojikiston
Kasbi Aktyor, gitarachi, qoʻshiqchi va bastakor
Guruh Daler Nazarov guruhi
Janr Rok
Faoliyat yillari 1970-yillar oxiridan hozirgacha
Veb-sayt http://www.dalernazarov.com

Daler Nazarov (tojikcha: Далер Назаров) (1959-yil 8-sentyabrda tugʻilgan) — kelib chiqishi pomiriy boʻlgan tojikistonlik qoʻshiqchi, bastakor va aktyor.

Umr bayoni[tahrir | manbasini tahrirlash]

Daler Nazarov Tojikiston Respublikasida tugʻilgan. 1970-yillar oxirida u asosan rok janriga eʼtibor qaratgan „Daler Nazarov guruhi“ ni tuzdi va oʻsha guruhni mashhur qildi. Uning koʻp sonli muxlislari nazarida Daler Nazarov guruhi Angliyaning „Beatles“ guruhi sifatida taqqoslangan. Uning „Agar on turki sherozi“, „Zebo ba Zebo“, „Chashmi kabudi dudi“, „Chak-chaki boʻron“, „Dunyoi savdo bigzarad“, „Hargiz az yod“, „Nigori nozanin“, „Telefoni sulh“kabi qoʻshiqlari 1980-yillarda Tojikiston, Oʻzbekiston va Qozogʻistonda mashhur boʻlgan.

2008-yilda Tojikistonning „Avesta“ gazetasi Daler Nazarovni mamlakatdagi ʻʻeng boy va nufuzli yuz kishilarʻʻ roʻyxatiga kiritdi[1].

1988-yilda Muboraksho Mirzoshoyev uning guruhiga qoʻshildi va ikkalasi bir necha yil mobaynida „Daler Nazarov“ guruhida faoliyat olib borishdi. Uning guruhida oʻz davrining eng mashhur musiqachilari Muboraksho Mirzoshoyev, Iqbolsho Zavqibekov, Yodidyo Ilyaev, Anvarhso G‘ulomhaydarov, Firuz Xalilov, Daler Xalilov, Rustam Rahimov, Zarif Po‘latovlar faoliyat yuritishgan. U umrining koʻp qismini Tojikiston poytaxti Dushanbeda oʻtkazgan, biroq 1990-yillar boshida boshlanib, 1997-yillar oxiridaga qadar davom etgan fuqarolar urushi tufayli mamlakatni tark etishga majbur boʻlgan. Keyingi bir necha yil davomida u Qozogʻistonning Olmaota shahrida yashagan, keyinchalik Dushanbega qaytgan. Uning asarlari orasida badiiy filmlar uchun saundtreklar mavjud. Nazarov pomiriy millatiga mansub boʻlib, uning koʻpgina qoʻshiqlari shugʻnon tilida[2].

Filmografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Yunosti pervoy utro, bastakor, (1979)
  • Kumir, bastakor va aktyor, (1988)
  • Tonnel, bastakor, (1993)
  • Luna Papa, bastakor, (1999), Moon Father
  • Rozhdenstvenskaya mysteriya, bastakor, (2000), The Christmas Miracle
  • England, bastakor, (2000)
  • Statue of Love, bastakor, (2003)
  • The Suit,bastakor, (2003), (The Suit, aka Shik – il vestito, Italy, aka Costume, Le, France)
  • Meistersinger: The sound of Russia, bastakor, (2003), (Big Bones – Big Business, aka Chasse à l'os en Sibérie, France)
  • Angel na dorogakh, bastakor, (2003), Angel on the Road
  • Die Sibirische Knochenjagd, bastakor, (2004)
  • Sex & Philosophy, bastakor va aktyor, (2005)
  • Shaere zobale-ha, bastakor, (2005), Saviyasizlarning shoiri
  • Bobo, bastakor, (2008)
  • Opium War, bastakor, (2008)
  • The Man Who Came with the Snow, bastakor, (2009)
  • Mirror Without Reflection, bastakor, (2014)
  • The Teacher, bastakor, (2014)
  • Bunker, bastakor, (2019)

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]