Daisen (Akita)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Daisen, Akitadan yoʻnaltirildi)
Daisen

大仙市
Shahar
Skyline of Daisen
Daisen
Bayroq
Daisen
Gerb
39°27′11.0″N 140°28′31.6″E / 39.453056°N 140.475444°E / 39.453056; 140.475444 G OKoordinatalari: 39°27′11.0″N 140°28′31.6″E / 39.453056°N 140.475444°E / 39.453056; 140.475444 G O
Mamlakat Yaponiya
Asos solingan 2005-yil 22-mart
Maydon 86,677 km2 (33,466 mi²)
Iqlim turi nam kontinental iqlim
Rasmiy til(lar)i yapon
Aholisi
 (2019-yil aprel)
81,133
Zichligi 94 kishi/km2
Vaqt mintaqasi UTC+9:00
Daisen xaritada
Daisen
Daisen
Omagari tumani — Daisen shahar markazi hududining Aerosurati.1976-yil

Daisen (yaponcha: 大仙市 Daisen-shi?) Yaponiyaning Akita prefekturasida joylashgan shahardir. 2019-yil 1-aprel holatiga koʻra, shaharda 31.457 ta xonadonda, 81.133 nafar aholi istiqomat qiladi va aholi zichligi har kvadrat kilometrga 94 kishidan toʻgʻri keladi[1]. Shaharning umumiy maydoni 866,77 kvadrat kilometr (334,66 mi²) ni tashkil etadi.

Geografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Daisen markaziy Akita prefekturasining tekisliklarida joylashgan boʻlib, gʻarbda Akita shahri va sharqda Ivate prefekturasi va Ou togʻlari bilan chegaradosh. Shaharning maydoni Tokioning umumiy maydonidan kattaroqdir.

Qoʻshni munitsipalitetlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Iqlimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Daisen nam kontinental iqlimga ega (Köppen iqlim tasnifi Dfa / Cfa), katta mavsumiy harorat farqlari kuzatiladi, juda issiq (va koʻpincha nam) yoz va sovuq (baʼzan qattiq sovuq) qish fasli hududga xosdir. Yogʻingarchilik yil davomida sezilarli boʻlsa-da, lekin avgustdan oktyabrgacha eng kuchli darajasi qayd etilgan. Daisendagi oʻrtacha yillik harorat 10.9 °C (51.6 °F) ni tashkil etadi. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 1,819.4 mm (71.63 in) boʻlib, avgust eng seryogʻin oy hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat oʻrtacha 24.3 °C (75.7 °F) atrofida va eng past harorat yanvarda, taxminan −1.6 °C (29.1 °F) boʻladi.

Ōmagari, Daisen (1991−2020) iqlimi
Koʻrsatkich Yan Fev Mart Apr May Iyun Iyul Avg Sen Okt Noy Dek Yil
Mutlaq maksimal, °C 10,2 12,2 20,4 31,2 32,9 34,3 37,6 36,9 35,7 31,3 23,6 17,6 37,6
Oʻrtacha maksimal, °C 1,4 2,5 6,7 14,5 20,7 24,7 27,7 29,4 25,3 18,7 11,2 4,0 15,6
Oʻrtacha minimal, °C −5,1 −4,8 −2,1 3,3 9,8 15,4 19,6 20,3 15,6 8,3 2,3 −2,2 6,7
Mutlaq minimal, °C −16,8 −17,6 −12,9 −9,6 −0,5 6,2 11,7 11,3 3,7 −1,3 −9,4 −16,2 −17,6
Yogʻingarchilik meʼyori, mm 150,7 111,0 105,9 99,3 113,8 128,8 212,1 212,4 166,4 158,6 183,6 175,3 1 819,4
Manba: Yapon Meteorologiya Agentligi[2][3]

Demografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra[4], Daisen aholisi soni taxminan 1960-yilda eng yuqori choʻqqiga chiqdi va oʻshandan buyon doimiy ravishda kamayib bormoqda.

Aholining oʻsishi
YilAholi±%
192087,814—    
193098,449+12.1%
1940101,12+2.7%
1950121,695+20.3%
1960120,366−1.1%
1970108,378−10.0%
1980106,428−1.8%
1990103,564−2.7%
200098,326−5.1%
201088,299−10.2%
202077,657−12.1%

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hozirgi Daisen hududi qadimgi Deva viloyatining bir qismi boʻlgan. Edo davrida, hudud Hitachi provintsiyasidagi sobiq mulklaridan Kubota domeniga koʻchirilgan Satake sulolasining nazorati ostida boʻlgan. Meidzi davri boshlangandan va zamonaviy munitsipalitetlar tizimi oʻrnatilgandan soʻng, hudud 1878-yilda Akita prefekturasining Semboku tumani tarkibiga kiritilgan[5].

Daisen shahri 2005-yil 22-martda Omagari shahri, Kamioka, Kyova, Nakasen, Nishisenboku, Ota va Semboku shaharlari hamda Nangai qishlogʻi (barchasi Semboku tumanidan) qoʻshilishi natijasida tashkil etilgan[6].

Hukumat[tahrir | manbasini tahrirlash]

Birlashgandan soʻng, Daisen 145 aʼzodan iborat butun Yaponiyadagi eng katta shahar assambleyasiga ega boʻlgan[7]. Endi shaharda toʻgʻridan-toʻgʻri saylanadigan mer va 28 aʼzodan iborat bir palatali shahar qonun chiqaruvchi organi boʻlgan mer-kengash boshqaruv shakli mavjud. Shahar Akita prefekturasi assambleyasiga besh aʼzoni qoʻshish huquqiga ega. Milliy siyosat nuqtai nazaridan, shahar Yaponiya Diet quyi palatasining 3-Akita okrugi tarkibiga kiradi.

Iqtisodiyoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Daisen iqtisodiyoti qishloq xoʻjaligiga asoslangan va bu hudud guruch yetishtirish bilan ajralib turadi. Daisen shahrida bir nechta sake ishlab chiqaruvchi korxonalar faoliyat yuritadi.

Taʼlim tizimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Daisenda shahar hukumati tomonidan boshqariladigan 16 ta davlat boshlangʻich maktabi va 11 ta davlat oʻrta maktabi shuningdek, Akita prefekturasi taʼlim kengashi tomonidan boshqariladigan beshta davlat oʻrta maktabi faoliyat yuritadi. Shaharda yana, bitta xususiy litsey ham mavjud. Prefekturada nogironlar uchun bitta maxsus taʼlim maktabi ham bunyod etilgan.

Transporti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Temir yoʻllar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sharqiy Yaponiya temir yoʻl kompaniyasi — Akita Shinkansen

  • Ōmagari

Sharqiy Yaponiya temir yoʻl kompaniyasi — Ou magistral liniyasi

  • Ōmagari - Jingūji — Karivano — Mineyoshikava — Ugo-Sakai

Sharqiy Yaponiya temir yoʻl kompaniyasi — Tazavako liniyasi

  • Uguisuno - Ugo-Nagano — Yariminai — Ugo-Yotsuya — Kita-Ōmagari — Ōmagari

Magistral yoʻllar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Akita tezkor yoʻnalishi
  • Milliy yoʻnalish 13
  • Milliy yoʻnalish 46
  • Milliy yoʻnalish 105
  • Milliy yoʻnalish 341

Qardosh shahar munosabatlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

OAV[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • FM Hanabi

Mahalliy diqqatga sazovor joylar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Sobiq Ikeda oilaviy bogʻlari, Milliy tarixiy manzilgohi
  • Hotta Fort, milliy tarixiy joy

Daisenning taniqli odamlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 大仙市地域別人口・世帯数集計表 Daisen City official statistics (Wayback Machine saytida 21-yanvar 2020-yil sanasida arxivlangan) (yaponcha)
  2. „ja:観測史上1~10位の値(年間を通じての値)“. JMA. Qaraldi: 5-aprel 2022-yil.
  3. „ja:気象庁 / 平年値(年・月ごとの値)“. JMA. Qaraldi: 5-aprel 2022-yil.
  4. Daisen population statistics
  5. 大曲市史〈第1巻〉資料編. publisher:大曲市史頒布会 date:May 1984 ASIN B000J733MG
  6. 大曲市史〈第1巻〉資料編. publisher:大曲市史頒布会 date:May 1984 ASIN B000J733MG
  7. „The Asahi Shimbun“.
  8. „International Exchange“ (inglizcha). List of Affiliation Partners within Prefectures. Council of Local Authorities for International Relations (CLAIR). 2015-yil 21-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-noyabr 2015-yil.
  9. Interview by Sakigake Ad Brain Co.,Lyf (yaponcha)
  10. Official Profile (Wayback Machine saytida 2022-09-24 sanasida arxivlangan) (yaponcha)

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]