Conduelo Piriz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

 

Futbol
Conduelo Piriz
Tugʻilgan sana va joyi 1905-yil 17-iyul(1905-07-17)[1]

Urugvay, Montevideo
Oʻlimi 1976-yil 25-dekabr (71 yosh)
Fuqaroligi
Boʻyi 173 sm
Ampulasi yarimhimoyachi
Klubdagi faoliyati[* 1]
1920—e Flag Urugvaya Defensor 28 (?)
192?—193? Flag Urugvaya Nasional ? (50)[2]
Terma jamoada[* 2]
1929—1932 Flag Urugvaya Urugvay 7 (0)
Xalqaro medallar
Jahon chempionati
Oltin Urugvay 1930
Janubiy Amerika chempionati
Bronza Argentina 1929
  1. Kolichestvo igr i golov za professionalniy klub schitaetsya tolko dlya razlichnix lig natsionalnix chempionatov.
  2. Kolichestvo igr i golov za natsionalnuyu sbornuyu v ofitsialnix matchax.

Conduelo Piriz (ispancha: Conduelo Píriz) — urugvaylik futbolchi, yarim himoyachi, birinchi jahon chempionati gʻolibi.1905-yil 17-iyul Urugvay poytaxti Montevideo shahrida tavallud topgan.

Tarjimai holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1920 va 1930-yillarda u „Defensor“ klubida 28 ta oʻyinda maydonga tushgan.Keyin esa „Nacional“ jamoasida oʻynay boshladi va bu jamoa tarkibida 50 ta oʻyinda maydonga tushdi.U 1929-yil 16-iyunda Argentinaga qarshi Urugvay terma jamoasi safida debyut qilgan.U Urugvay milliy terma jamoa safidagi soʻnggi oʻyinini Montevideoda xuddi shu raqibga qarshi oʻtkazdi (mezbonlar 1:0 hisobida gʻalaba qozonishdi).

U 1929-yilda Argentinada oʻtkazilgan Janubiy Amerika chempionatida Urugvay terma jamoasi tarkibida boʻlgan.Oʻsha musobaqada Urugvay milliy terma jamoasi bor-yoʻgʻi uchinchi oʻrinni egallagan.Holbuki oʻsha davrdagi Urugvay milliy terma jamoasi juda kuchli tarkibga ega edi.Piriz esa uchta oʻyinda ham ishtirok etgan[3].

1930-yilda Conduelo Piriz Urugvayda oʻtkazilgan ilk jahon chempionatida Urugvay milliy terma jamoasining jahon chempionati uchun qaydnomasiga kiritildi.Pirizning oʻzi maydonga tushmagan boʻlsada, jahon chempioni boʻldi va oltin medallarga ega boʻldi.Terma jamoa tarkibida 7 oʻyinda maydonga tushgan.

Condueloning katta akasi Xuansito Piriz ham mashhur futbolchi boʻlgan.Xuansito „Penyarol“, „Nasional“ va „Defensor“ klublarida oʻynagan.Urugvay milliy terma jamoasi bilan birga 1928-yilgi Olimpiada o'yinlari chempioni boʻlgan. Conduelo va Xuansitoning amakivachchasi Xuan Emilio Piriz 1935-yilda Janubiy Amerika chempionatida gʻolib chiqdi va „Defensor“ klubi tarixidagi eng yaxshi toʻpurarlardan biri edi.Conduelo Piriz 1976-yil 25-dekabrda 71 yoshida vafot etgan.

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Conduelo Píriz // FBref.com (Wayback Machine saytida 27-avgust 2022-yil sanasida arxivlangan(mn.)
  2. Luchshie bombardiri v istorii „Nasonalya“. Data obraщeniya: 24-oktabrya 2011. Arxivirovano 2 maya 2011 goda.
  3. Martín Tabeira. „Southamerican Championship 1929“ (inglizcha). rsssf.com (25-fevral 2011-yil). 2012-yil 13-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-oktabr 2011-yil.
  4. „La «Máquina» DE 1933“. 5-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-oktabr 2011-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]